Xitoy BeiDou milliy navigatsiya tizimidagi 33-çi va 34-çi sun'iy yöldoşlarini uçirib, tizimni töldirişni davom ettirdi. Bu haqda mamlakat aerokoinot fani va texnikasi korporatsiyasi (CASC) ma'lum qildi.

Korporatsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qayd etilişiça, sun'iy yöldoşlar mahalliy vaqt bilan soat 09:48da (Toşkent vaqti bilan soat 06:48) mamlakat janubi-ğarbidagi Siçuan viloyati hududida joylaşgan Siçan kosmodromidan uçirilgan. Sun'iy yöldoşlar «Çançjen-3B» va «Yuançjen-1» raketa taşuvçilari orqali fazoga olib çiqilgan.

Bu Xitoyning «Çançjen» turkumidagi 281-uçiriş böldi. 10 iyul kuni ham Beidou sun'iy yöldoşini fazoga olib çiqqandi.

Uçirilgan sun'iy yöldoşlar mamlakatda 2000 yildan beri yaratib kelinayotgan va bugunga kelib Xitoyni töliq, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlarini qisman qamrab olgan global navigatsiya tizimiga mansub hisoblanadi.

Xitoy 2018 yil oxirigaça orbitaga çiqarilgan Beidou sun'iy yöldoşlari sonini 18 tagaça, 2020 yil oxirigaça esa 30 tagaça oşirmoqçi.

Ta'kidlanişiça, BeiDou global tizimi 35 ta sun'iy yöldoşdan iborat böladi. 

BeiDou navigatsiya tizimi AQŞning GPS va Rossiyaning GLONASS tizimlariga raqobatçi böladi. Tizim 2020 yilgaça butun dunyo böylab navigatsiya tizimlarini taqdim qiladi. 

BeiDou 10 metr aniqlikda işlaydi, obektlarni topiş tezligi esa 30 soniyaga teng. Navigatsiya xizmatlaridan taşqari, tizimni xabar jönatiş va qabul qiliş uçun qöllaş mumkin.