Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş portalida FHDYo bölimlari faoliyatini moliyalaştiriş uçun maxsus taşkil qilinadigan ğaznaçilik şaxsiy hisobvarağiga yönaltirilgan mablağlardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, maxsus hisobvaraq mablağlarini tasarruf etiş Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boşqa qonun hujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus ğaznaçilik şaxsiy hisobvarağiga gerb yiğimidan tuşadigan mablağlarning 40 foizi, şuningdek, FHDYo bölimlari tomonidan körsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining maxsus taşkil qilinadigan ğaznaçilik şaxsiy hisobvarağiga yönaltiriladi va faqat FHDYo bölimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uçun iş haqiga ustama haq tölaş va martaba darajalari uçun qöşimçalariga, şuningdek, ularni moddiy rağbatlantirişga (lavozim maoşining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigaça şaxsiy ustamalar) işlatiladi.
Maxsus hisobvaraq daromadlari quyidagilar hisobidan şakllantiriladi:
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus ğaznaçilik şaxsiy hisobvarağiga gerb yiğimidan tuşadigan mablağlarning 40 foizi;
FHDYo bölimlari tomonidan pullik xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlarning 100 foizi.
Mablağlar tuman (şahar) mahalliy byudjyetlari uçun oçilgan tegişli (25 razryadli 4014 Taqsimlanişi nazarda tutilgan mablağlar (tranzit)) xisobvaraqlar orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari uçun oçilgan (27 razryadli 4014 Taqsimlanişi nazarda tutilgan mablağlar (tranzit)) maxsus hisobvaraqqa kelib tuşadi.
Maxsus hisobvaraqdagi mablağlar quyidagilarga yönaltiriladi:
FHDYo bölimlari xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uçun iş haqiga ustama haq va martaba darajalari uçun qöşimçalar tölaşga;
FHDYo bölimlari xodimlarini moddiy rağbatlantirişga (lavozim maoşining 100 foizi miqdorigaça şaxsiy ustamalar va mukofotlar).
FHDYo bölimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça tadbirlarga.
Maxsus hisobvaraqdagi mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tuman (şahar) hokimliklarining tegişli byudjyetdan taşqari şaxsiy ğazna hisobvarağiga (4010 Ajratmalar hisobiga şakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjyetdan taşqari jamğarmalari) hududiy moliya bölimlari tomonidan röyxatdan ötkazilgan xarajatlar smetasi doirasida xar oylik haqiqiy xarajatlardan kelib çiqib buyurtmanoma asosida moliyalaştirib beriladi.
Tuman (şahar) hokimliklarining tegişli byudjyetdan taşqari şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga maxsus hisobvaraqdan kelib tuşgan mablağlarni sarflaş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan kelişilgan (tuzilayotgan xarajatlar smetasining daromad qismi yuzasidan), tuman (şahar) moliya bölimlari tomonidan Byudjyet taşkilotlari va byudjyet mablağlari oluvçilarning xarajatlar smetasi va ştat jadvallarini tuziş, tasdiqlaş va röyxatdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom (röyxat raqami 2634, 2014 yil 15 dekabr) talablari asosida röyxatdan ötkazilgan xarajatlar smetasiga asosan amalga oşiriladi.
Maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablağlarning sarflanişi töğrisidagi hisobot tuman (şahar) hokimliklari tomonidan har oyda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga taqdim etiladi.
Maxsus hisobvaraqning joriy yilda foydalanilmagan mablağlari Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga olib qöyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Maxsus hisobvaraq mablağlarini taqsimlaş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan amalga oşiriladi.
Maxsus hisobvaraqdan FHDYo bölimlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy muhofaza qiliş quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:
lavozim maoşlariga har oylik şaxsiy ustama örnatiş;
bayramlarda bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlaş;
martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmat uçun qöşimça haq va ustamalar tölaş;
işda muvaffaqiyatlarga erişganligi va muhim topşiriqlarni bajarganligi uçun alohida xodimlarni mukofotlaş.
FHDYo bölimlari xodimlariga lavozim maoşlarining 100 foizigaça bölgan miqdorda har oylik şaxsiy ustamalar örnatiladi.
Şaxsiy ustamalar tuman (şahar) hokimining örinbosarlari — tuman (şahar) xotin-qizlar qömitalari raislari tomonidan belgilanadi.
FHDYo bölimlari xodimlari bayramlar munosabati bilan bir oylik mehnatga haq tölaş fondi (lavozim maoşi va rağbatlantiriş koeffisenti) miqdorigaça bir martalik mukofot bilan moddiy rağbatlantiriladi.
FHDYo bölimlari xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmat uçun qöşimça haq va ustamalar tölaş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Işda muvaffaqiyatlarga erişganligi va muhim topşiriqlarni bajarganligi uçun FHDYo bölimlarining alohida xodimlari tuman (şahar) hokimi tomonidan eng kam iş haqining 10 baravari miqdorigaça bölgan bir martalik mukofot bilan rağbatlantirilişi mumkin.












