Odnoklassniki xitoy tovarlari şarhi bilan ijtimoiy tarmoqning öz marketpleysida «Hamma narsalar» — videodökonini işga tuşirişdi. Yangi loyiha yordamida OK foydalanuvçilari har xil toifadagi qiziqarli tovarlarni örganişlari, ular haqida olib boruvçilarning fikrlarini bilişlari va boşqa xaridorlarning videofikrlarini körişlari mumkin. Loyiha uçun maxsus ravişda OK videopleyeriga yangi interaktiv imkoniyatlar örnatildi: tovarlarning narxlari bilan annotatsiyasi va “Sotib oliş” tugmaçasi, videoni köriş bilan bir vaqtda, xaridni amalga oşiriş imkonini beradi.
«Hamma narsalar» videodökoni telemarket an'anaviy mexanikasini ommaviy blogerlik anboksing (tovarni öramdan çiqariş) formati bilan birlaştirdi. Tovarlarning barça şarhlari «Tovarlar — bu OK» guruhida kiriş mumkin bölgan yagona videooqimda namoyiş etiladi. Oqimga allaqaçon internet-dökonning eng maşhur 40 taça tovarlari, şu jumladan, kiyimlar, uy va oşxona jihozlari, texnika şarhlari kiritib qöyilgan.
Tovarlarni sotib oliş uçun OK videopleyeriga tovarlarning narxlari, qisqaça tavsifi va internet-dökonga olib boradigan tugmaça bilan interaktiv annotatsiyasi örnatilgan. Tovar kartoçkasiga ötiş vaqtida video mini-pleyerga buriladi, bu esa bir vaqtda körişni davom ettiriş va xaridni amalga oşiriş imkonini beradi.

«Hamma narsalar» konsepsiyasi asosida — foydalanuvçilar bilan özaro harakat interaktiv mexanikasi, şuningdek, tovar xususiyatlarining haqqoniy şarhi yotadi. Körsatuvni olib boruvçilar nafaqat plyuslarga, balki minuslarga ham e'tiborni qaratişadi: masalan, agar tovar tarkibi yetkazib beruvçi tomonidan berilgan tarkibga mos kelmasa yoki ölçov turi xalqaro standartlardan farq qilsa. Şouni olib boruvçilar anonslaridan taşqari, şarhlarda tovarni sotib olgan real foydalanuvçilarning videofikrlari ham paydo böladi.
OK foydalanuvçilari buyurtma berilgan tovarlarning videoşarhlarini #vseoktovary xeştegi bilan jönatib, loyihaning bir qismiga aylanişlari mumkin. Eng yaxşi videolardan videodökonda foydalaniladi, ularning mualliflari esa ijtimoiy tarmoq pullik servislariga kiriş imkoniga ega bölişadi.
«Hamma narsalar» videodökonining işga tuşişi — Mail.Ru Group elektron kommersiyasi platformalarining ijtimoiy tarmoqlar bazasida rivojlanişidagi navbatdagi qadamdir. Dastlabki tölaqonli internet-dökon Odnoklassniki ijtimoiy tarmoğida 2018 yilning aprel oyida oçilgan edi. Marketpleys tovarlarning Pandao bilan yagona platformasida elektron kommersiya rivojlanişining global strategiyasi doirasida yaratildi. Dökon flash sales formatida işlaydi, ya'ni ommabop tovarlarni tezda sotiş, hamda barça platformalarda, şu jumladan, OK mobil ilovalari desktop va mobil versiyalarda ham, unga kiriş imkoni mavjud. Unda şuningdek, yana tovarlar toifalari böyiça qidiruv va kengaytirilgan navigatsiya ham mavjud.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoğining «Lenta», «Video» va OK Live mahsulotlari böyiça direktori:
– Odnoklassniki Rossiyada birinçi marta telemarketingda videopleyerning interaktiv mexanikasini işlatdi. Tovar annotatsiyasi va “Sotib oliş” tugmaçasi nafaqat foydalanuvçi uçun qulay, balki yana bizga tovarning tomoşabinlarga qay darajada qiziqarli ekanligini onlayn rejimida köriş imkonini beradi. Biz uçun şunisi muhimki, xaridorlarning özlari videoşarhlar yordamida loyiha kontentiga ta'sir körsatişlari mumkin, videoşarhlarda ular tovar haqidagi öz taassurotlari bilan ijtimoiy tarmoqning keng auditoriyasi bilan örtoqlaşişadi.











