Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Jyeremi Hant BREXIT masalasini hal etiş maqsadida Parij va Venaga yöl olmoqda. Uning aytişiça, ötiş davrida amalga oşmagan muzokaralar keyinçalik Yevroittifoq va Britaniya uçun katta tovonga aylanadi. 

Duşanba kuni Xitoyda mehmon bölgan Britaniya Taşqi işlar vaziri post-BREXIT davrida Pekin bilan erkin savdo aloqalari böyiça muzokaralarni boşladi. Ayni paytda Vaşington bilan jiddiy savdo uruşiga kirişib qolgan Xitoy uçun AQŞ ittifoqdoşi hisoblangan Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarni rivojlantiriş ança foydali körinmoqda. 

Jyeremi Hant Xitoy safaridan söng, Fransiya va Avstriyadagi hamkasblari bilan uçraşişi rejalaştirilgan. Britaniya taşqi siyosiy mahkamasi rahbari mamlakat Boş vaziri Tereza Mey tomonidan taklif etilgan BREXIT kelişuvini qit'adoşlariga batafsil tuşuntirib bermoqçi. 

«Men Parij va Venadagi hamkasblarimga biz taklif etayotgan kelişuvlar mohiyatini tuşuntirib bermoqçiman. Agar takliflar qabul qilinmasa, tösatdan heç vaqoga erişmay, oqibatda bunday kelişmaslik Fransiya va Avstriyaga qimmatga tuşişiş mumkin», deydi Hant. 

Eslatib ötamiz, Buyuk Britaniya 2019 yil 29 mart kuniga qadar Yevroittifoq tarkibidan çiqişni rejalaştirgan. Biroq, taşkilotdan çiqiş böyiça kelişuvlar hanuzgaça oxiriga yetmagan. ​