Eronda kamida 29 kişi "iqtisodiy qöporuv"da ayblanib hibsga olindi, deb xabar berdi Mehr agentligi mamlakat sud hokimiyati rahbarining birinçi örinbosari Ğulom Husayn Muhsin Ejyeiga asoslanib.

"Bu şaxslar javobgarlikka tortildi, ular mamlakat pul va valyuta tizimini qöporgani uçun hibsga olindi", — dedi u.

Uning sözlariga köra, qölga olinganlarning aksariyati ölim jazosi berilişi mumkin bölgan jinoyatlarda ayblanmoqda. U şunday ayblovlar bilan yana qator şaxslar hibsga olinişini va tez orada sud tinglovlari boşlanişini qöşimça qilgan.

Qölga olingan şaxslarning ism-şariflari oşkor qilinmayapti.