Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning insultga duçor bölgani haqidagi xabarlar uydirma, degan TASSga davlat rahbarining matbuot kotibi Natalya Eysmont.
Bu xabarni Ukrainaning «Delovaya stolitsa» portali belaruslik jurnalistlarga asoslanib e'lon qilgan. Naşrning ma'lumotlariga köra, aynan insultga duçor bölgani sababli Lukaşenko 28 iyuldan buyon omma oldida köriniş bermagan va Gomel şahriga safarga bormagan. Garçi saytda bu haqdagi xabar 30 iyul kuni paydo bölgan esa-da, Belarus prezidentining insultga duçor bölgani haqidagi xabar «Nezygar» maşhur siyosiy Telegram kanalida bir kun avval yoritilgan.
Bunga mazkur kanal Lukaşenko qandli diabetdan aziyat çekayotgani, umuman soğliğiga doir katta muammolar, xususan qon bosimi va oyoq oğriğiga mubtalo bölganini yozib çiqqan edi. Bundan taşqari, «Nezygar» mualliflari keyingi paytlar Belarus yetakçisi «köp yeb, köp uxlayotgani, kuniga 4-5 soatgina işlayotgani»ni yozib çiqişgan edi.
Belarus prezidentining saytiga köra, 28 iyul kuni Lukaşenko Xitoyning CITIC Group korporatsiyasi boşqaruvi raisi Çang Jenming bilan uçraşgan va şu kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan telefon orqali suhbatlaşgan. 29 iyul kuni davlat rahbari faoliyati haqida portalda xabar çiqmagan, 30 iyul kuni esa Marokaş qiroliga tabriknoma e'lon qilingan.
23 iyul kuni Lukaşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlaşgan va u Belarus prezidentini yaqin kunlarda Rossiyaga taşrif bilan kelişga taklif qilgan. Uçraşuv Soçi şahrida bölib ötişi mumkin.












