Bekoboddagi «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining rahbariyatida özgariş sodir böldi.
Şu vaqtgaça aksiyadorlik jamiyatining boş direktori lavozimida işlab kelgan Alik Saidoviç Nurutdinov örniga Abdullo Xolmurodoviç Xursanov tayinlangan. Bu haqda kombinatning rasmiy saytining rahbariyat bölimida xabar qilinmoqda.
A.Xursanov 1966 yilda tuğilgan. 1991 yilda Toşkent arxitektura-quriliş institutini, 2005 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar u «Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi boş direktorining istiqboldagi rivojlaniş va investitsiyalar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.









