AQŞ Mudofaa vazirligi kundalik vazifalarga yeçim topiş va qurolli kuçlar samaradorligini oşiriş uçun sun'iy idrokdan foydalaniş böyiça 885 million dollarlik şartnoma tuzdi. Bu haqda The Wall Street Journal AQŞning Booz Allen Hamilton konsalting firmasi vakili Joş Sallivanga asosan xabar bermoqda.
Sallivanning ta'kidlaşiça, sun'iy idrok amerikalik harbiylarga milliy xavfsizlik masalalariga boğliq bölgan katta hajmdagi ma'lumot bilan yaxşiroq işlaşga yordam beradi. U yuzlab harbiylarni misol keltirgan, ular uçuvçisiz uçar qurilmalar va kuzatuv kameralaridan videoyozuvlarni körib, ularda qandaydir obektlarni aniqlaşgan; sun'iy idrok bu amaliyotlarni tezroq qilişda va videoda yuk maşinalari, harbiy texnika hamda angarlarni bir zumda aniqlaşda yordam beradi.
Şuningdek, Sallivanning taxminiça, yangi texnologiyalar Pentagonga Xitoy va Rossiya bilan raqobatlaşişiga yordam beradi.












