Tadbirkor Ilon Mask Oq uy maʼmuriyatiga maslahatçi sifatida qaytadi, deb maʼlum qildi mudofaa vaziri Pit Hegset.
Mask Pentagonning istiqbolli qurol va tizimlarni işlab çiqiş hamda joriy etişga qaratilgan «Meridian loyihasi» tadqiqot dasturiga rahbarlik qiladi.
Hegsetning maʼlum qilişiça, loyihaning umumiy maqsadi - AQŞ hukmronlik qilişi kerak bölgan harbiy sohalarni va «egallanişi zarur bölgan imkoniyatlarni» tahlil qilişdir.
Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganida uning atrofidagi eng nufuzli şaxslardan biri hisoblanardi. Tadbirkor bir neça oy davomida Hukumat işini optimallaştiriş departamentiga (DOGE) rahbarlik qildi, biroq tez orada u va Tramp örtasida oçiq mojaro yuz berdi. Şundan söng, Mask maʼmuriyatni tark etdi.
2026-yil yozida Amerika ommaviy axborot vositalari Tramp va Mask özaro munosabatlarni tiklagani haqida yozgan edi. Xabar qilinişiça, tadbirkor Kongressga saylovlar oldidan Respublikaçilar partiyasini moliyalaştirişni qayta tiklaşni rejalaştirmoqda.













