Moskva Eronni Suriyadan çiqib ketişga majbur qilolmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Isroildagi Favqulodda va muxtor elçisi Anatoliy Viktorov ma'lum qilgan.
«Rossiya Eronni Suriyadan öziga tegişli qurolli kuçlarni olib çiqib ketişga köndirmoqçi, biroq biz ularni bunday qilişga majburlay olmaymiz», deydi diplomat.
Elçining sözlariga köra, Isroilning Suriya hududini taşqi qurolli kuçlardan darhol ozod etiş töğrisidagi murojaati amalga oşirilişi imkonsiz vazifadir. Rus diplomati Eronning Suriya hududida faoliyat olib borayotgani BMT prinsiplariga töla mos kelişini ta'kidlagan.
Rossiya diplomati missiyasi rahbarining aytişiça, Moskva Isroilning Suriya hududidagi Eron va uning ittifoqdoşlariga zarba berişini oqlamaydi. Şu bilan birga, Rossiya Isroilga ham qanday harakatlaniş lozimligini uqtirolmasligini bildirgan.












