Toşkentda metallurgiya zavodi quriladi. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni tezlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Zavod qurilişi korxonalarning öz mablağlari, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar, tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Loyiha quvvati - 500 ming tonna. Zavod 2019 yilga qadar qurilişi möljallangan.
Qarorda qayd etilişiça, uşbu zavod Toşkent şahrining Sergeli tumanida joylaşadi. Xorijiy investor - Buyuk Britaniyaning «Quality Trade Supplies L.P.». Loyihaning umumiy qiymati - 335 mln dollar, 2018 yilda 85,8 mln dollarni özlaştiriş nazarda tutilgan.












