Ekvador prezidenti Lenin Morenoning ma'lum qilishicha, WikiLeaks bosh muharriri Julian Assanj Janubiy Amerika mamlakati elchixonasidan chiqib ketishi kerak bo‘ladi.
Bu haqda RIA Novosti Reuters’ga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, OAV Buyuk Britaniya rasmiylari Ekvador hukumati bilan Assanjni elchixonadan chiqarib yuborish masalasi yuzasidan «yashirin muzokaralar» olib borayotgani haqida xabar bergandi.
Iyun oyida Ekvador tashqi ishlar vazirligining rahbari Xose Valentsiya WikiLeaks muharriri Julian Assanjning Londondagi Ekvador elchixonasidagi boshpanasi abadiy davom etmasligini aytgan edi.











