Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
|16:35 / 26.06.201727 8211 min
Dilmurod Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Aytilishicha, Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi PQ-3081-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq Inom Majidov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.