«Özbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini taşkil etiş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining Özbekistondagi filiali taşkil etiladi.
Taʼlim jarayoni 2026/2027 öquv yilidan boşlanadi va özbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.
Öqiş kunduzgi va muqobil taʼlim şakllarida taşkil etiladi.
2030/2031 öquv yiliga qadar öqişga qabul qilingan talabalar öqişning butun davri davomida töliq davlat granti asosida öqitiladi.
2030/2031 öquv yilidan boşlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida şakllantiriladi.
Filial talabalarining amaliyotlari öquv rejalariga muvofiq hududdagi işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalarida, jumladan, dual taʼlim asosida yölga qöyiladi.

















