Özbekiston Respublikasi prezidenti “Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Özbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklikning quyidagi şakllarini joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi:

madaniyat va san'at yönalişidagi nodavlat muassasalarining binolarini quriş uçun bepul asosda doimiy foydalanişga yer uçastkalari ajratiş;

mavjud davlat madaniyat va san'at muassasalari binolarini rekonstruksiya qiliş va jihozlaş, keyinçalik esa ularni otaliqqa oliş şarti bilan madaniyat va san'at yönalişidagi nodavlat muassasalari obektlarini quriş uçun bepul asosda yer uçastkalarini taqdim etiş;

konsessiya asosida quriliş uçun yer uçastkasi yoki rekonstruksiya qiliş va jihozlaş uçun bino ajratiş;

böş turgan davlat mulki obektlarini, şu jumladan, faoliyat körsatmayotgan davlat madaniyat va san'at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotiş;

davlat madaniyat va san'at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalaniş uçun xususiy şeriklarga beriş;

xususiy şerikning mol-mulki negizida taşkil qilingan madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta'minlaş;

otaliq şaklidagi xayriya faoliyatini olib boriş.

Belgilanişiça, madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklik Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa şakllarda ham amalga oşirilişi mumkin.

Davlat-xususiy şeriklik şakliga qarab xususiy şerikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanişi mumkinligi belgilab qöyildi:

madaniy xizmat körsatişda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar beriş;

madaniyat va san'at muassasalarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaş borasidagi işlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş;

davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boşqa majburiyatlarni bajariş.

Belgilanişiça, davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim:

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Özbekkino” Milliy agentligi tomonidan ötkaziladigan tanlov natijalari böyiça tuziladi. Bunda uşbu qarorning 1-bandi yettinçi va sakkizinçi xatboşilarida nazarda tutilgan hollarda tanlov ötkazilmaydi;

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki “Özbekkino” Milliy agentligi tegişli ravişda öz tizimlarida davlat tomonidan xususiy şerik bilan bitim tuzadi va bitim şartlarini xususiy şerik qanday bajarayotgani böyiça monitoring olib boradi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Özbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining:

madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini rivojlantiriş va davlat-xususiy şeriklikni rağbatlantiriş tadbirlarini moliyalaştirişga yönaltiriladigan mablağlarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston Respublikasini rivojlantiriş davlat dasturlarini moliyalaştiriş jamğarmasida oçiladigan alohida hisobvaraqda (keyingi örinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) jamlaş töğrisidagi;

madaniyat va san'at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida taşkil qilingan şunday muassasalarga davlat madaniyat va san'at muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib çiqib Özbekiston Respublikasining Davlat byudjyetidan subsidiyalar ajratiş tartibini joriy etiş töğrisidagi takliflari qabul qilindi.

Quyidagilar maxsus hisobvaraqni şakllantiriş manbalari etib belgilandi:

Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQŞ dollari miqdoridagi kreditlar;

davlat madaniyat va san'at muassasalari negizida madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini taşkil etiş maqsadida davlat-xususiy şeriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar böyiça foiz tölovlarining 7 foizdan oşgan qismini qoplab beriş uçun har yili Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining maqsadli mablağlari;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat taşkilotlari va boşqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;

maxsus hisobvaraqning vaqtinça böş mablağlarini joylaştirişdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.