6 avgust kuni Özbekiston milliy terma jamoasining yangi boş murabbiyi rasman taniştiriladi. Bu haqda milliy olimpiya qömitasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat boş jamoasini işonib topşiriş mumkin bölgan mutaxassis bilan muzokaralarni yakunladi. ÖFA rasmiylari şartnoma imzolaş mumkin bölgan 10dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida töxtaldi. 6 avgust kuni mutaxassis jamoatçilikka rasman taniştiriladi», deyiladi xabarda.
Bungaça taşkilot birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoaga jahonda öz obrösiga ega bölgan murabbiy olib kelinişi haqida bir neça bor aytib ötgandi. Bu masala yuzasidan ÖFA jiddiy iş olib bordi. Termani qabul qilib olayotgan inson özidagi katta mas'uliyatni his qilişi, xalqimizning köp yillik orzusini röyobga çiqarişi zarurligini ongli ravişda tuşinib yetişi kerak edi. Şu vajdan yakuniy qarorga keliş vaqt talab qildi.
Ektor Kuper özbekistonlik futbol muxlislari uçun yaxşi taniş. 62 yoşli mutaxassis faoliyati davomida katta hajmdagi işlarni bajargan hamda futbol olamida öz nomiga ega bölib ulgurgan. U 1996 yil Argentinaning «Lanus» jamoasi bilan KONMeBOL Kubogi sohibi böldi. Bu muvaffaqiyati unga Yevropa eşiklarini oçib berdi.
1998 yil Kuper Ispaniyaning «Malorka» klubini mamlakat kubogi finaliga qadar boşlab keldi, Ispaniya Superkubogi uçun maydonga çiqdi. Bir yil ötib «Malorka» Ektor Kuper bilan UYeFA Kubogi finaligaça yetib keldi.
Şu tariqa, murabbiy maşhur «Valensiya» klubi nazariga tuşdi. «Körşapalaklar» 2000 va 2001 yilgi mavsumlarda Yevropa Çempionlar Ligasining finaligaça yetib kelib, köpçilikning hayratiga sabab bölişdi.
Keyinroq Ektor Kuper Italiyaning «Inter» hamda Gretsiyaning «Aris» jamoalarida işladi.
U 1999 yilda Ispaniyada, 2000 yilda esa Yevropada yilning eng yaxşi murabbiyi deb topilgandi.
Ektor Kuperning milliy terma jamoadagi yurişi 2017 yilga töğri keldi. 2015 yil Misr boş jamoasini qabul qilib olgan Kuper, oradan ikki yöl ötib jamoasini Afrika Millatlar Kubogi finaliga qadar boşlab keldi. Şuningdek, 28 yildan buyon mundial çiptasini qölga kirita olmayotgan misrliklarni Rossiya—2018 sari boşlab bora oldi.
Endilikda Özbekiston milliy terma jamoasining taklifini qabul qilgan uşbu 62 yoşli mutaxassis 6 avgust kuni Milliy olimpiya qömitasining anjumanlar zalida soat 15:00da futbol muxlislariga taniştiriladi. Şundan söng u bilan matbuot anjumani taşkil etiladi. Anjumanda barça turdagi OAV iştirok etişi mumkin.
«Kuper bilan yaxşi niyatlar hamda jiddiy maqsadlar yölida kelişuvga erişdik. Umid qilamizki, millionlab vatandoşlarimizning uzoq yillik orzularini röyobga çiqarişda bu inson bizga yordam beradi. Biz Yevropa futboli nafasini Özbekistonga olib kira oladigan, öz futbolçilariga qahramonlik hislarini singdira oladigan, jamoalari har qanday raqibga tik qaray oladigan, eng muhimi, Jahon Çempionati sari yölni bosib ötgan tajribali murabbiyni istagandik. Bizningça, Kuper bu talablarga mos keladi. Mana şunday mutaxassisning olib kelinişi uçun şaroit yaratib berayotgan Özbekiston hukumatiga hamda yangi boş murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorçilik bildiraman», – dedi Umid Ahmadjonov.












