Tribuna.uz sayti Özbekiston futbol assotsiatsiyasi sobiq xodimi, xalqaro sport huquqşunosi va futbol agenti San'at Şaripov bilan jonli muloqot ötkazdi. ÖFA sobiq xodimi suhbat davomida Özbekiston milliy jamoasining muvaffaqiyatsizligi sabablari, Ektor Kuperni milliy jamoadan kimlar ketkazgani, Vadim Abramovning xatolari, ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov va boşqalar haqida fikrlarini bildirib, bungaça aytilmagan gaplarni oçiqladi. Kun.uz intervyuning asosiy qismlarini keltiradi.

Falastindan uçralgan mağlubiyat rejalaştirilganmidi?

San'at Şaripovning fikriça, 2019 yilda milliy jamoa öyinçilari argentinalik boş murabbiy Ektor Kuperni ketkaziş uçun Falastinga atayin yutqazib berişgan.

- Umid Ahmadjonov boşqaruvidagi rahbariyat Ektor Kuperga jamoani yoşartiriş, avlodlar almaşinuvini amalga oşiriş, qariya futbolçilardan voz keçişni taklif qilgan. Ammo murabbiy tajribali futbolçilar unga kerakligini, ularsiz öyin qura olmasligini aytgan va bunga rozi bölmagan. Afsuski, yakunda aynan öşa futbolçilar Falastinga (0:2) qarşi öyinda Kuperning ortidan piçoq urişdi.

Falastin bilan bahsda yutqaziş oldindan rejalaştirilgandi. Hatto şunday gaplarni eşitganmanki, jamoa Falastinga uçib ketişidan avval Abramovga tayyor bölib turişi, tez orada Kuper örnini egallaşi haqida aytilgan.

Futbolni tuşunadigan muxlislar Falastin urgan gollarni yaxşilab körib çiqişsa, mening fikrimga qöşilişadi. Tuhmat — yomon narsa. Lekin qançalik inkor etilmasin, ataylab yutqazib berilgani borasidagi fikrim özgarmaydi. Kuperning yonini olyapti, deb öylaşmasin. Men uning Özbekistonga kelişini OAVdan öqiganman va undan 3 oy oldin işdan ketganman.

Kuperning uslubi töğri kelmadi, uning ğoyalari eskirgan deyişdi. Lekin nega örniga undan-da kuçliroq mutaxassis olib kelinmadi?

«Jasur Jaloliddinov – Abramov va Belous qurboni böldi». Yoş futbolçilarimizning aldanib qolayotgani haqida

Özbekistonlik futbol agenti Jasur Jaloliddinovning Rossiya klubida öynab keta olmagani haqida ham gapirdi.

- Jasur Jaloliddinovning transfer işidan xabarim bor. U Vadim Abramov va Yuriy Belousning qurboniga aylandi. Futbol agenti va murabbiy yoş bolani tangaga almaştirişdi, desa böladi. Ular yoş bolaning ortidan mömaygina daromad topişdi, ammo uning taqdiri, öynay olişi haqida öylaşmadi. Rossiyada öz holiga taşlab qöyişdi. Şu voqealarni körib, könglim oğriydi. Yoş bolaning ortidan bunça pul işlaş va bunaqa holatda taşlab qöyiş – eng past iş. Afsuski, oddiy odamlarimizni mana şunday çuv tuşirişmoqda. Belous qöl ostida Moskvada işlaganman. Şu bois uning qanday ayyor odam ekanligi menga ma'lum.