Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tovarlarni bojxonada elektron şaklda deklaratsiyalaş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son farmoniga muvofiq 2018 yil 1 iyuldan boşlab taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmoği orqali real vaqt rejimida töldiriş va bojxona organlariga taqdim etiş huquqiga ega.
Tovarlarni bojxonada elektron şaklda deklaratsiyalaş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimining vakolatli organlar axborot tizimlari bilan aloqasi ma'lumotlarni ötkaziş telekommunikatsiya tarmoği orqali amalga oşiriladi.
Elektron deklaratsiyalaş jarayoni tört bosqiçdan iborat bölib, jumladan:
birinçi bosqiçda-vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda YaAATga idoralararo hamkorlik darajasida ruxsat etuvçi va boşqa hujjatlar, şuningdek, vakolatli organlar röyxatiga asosan ruxsat etuvçi va boşqa hujjatlar kiritiladi;
ikkinçi bosqiçda - deklaratsiyalovçi şaxs elektron deklaratsiya hamda taqtsim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, özining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va TEDAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
Deklarant röyxatga bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassis yoxud boşqa şaxs töğrisidagi ma'lumotlarni kiritişi hamda uning tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiyani taqdim etiş vakolat muddatini körsatişi kerak, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari mustasno.
uçinçi bosqiçda - elektron deklaratsiya va taqdim etiladigan hujjatlar kelib tuşgandan söng YaAAT elektron deklaratsiya töldirilişi va taqdim etilgan hujjatlar töğri töldirilganligi böyiça dastlabki avtomatlaştirilgan mantiqiy nazoratni amalga oşiradi.
törtinçi bosqiçda — bojxona organi xodimi bojxona rasmiylaştiruvini qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiradi.
Rasmiylaştiruv jarayonida nomuvofiqliklar (tafovutlar) yoxud bojxona qonunçiligi buzilişi holatlari aniqlansa, bojxona organi xodimi uç soat içida deklaratsiyalovçi şaxsga bartaraf etilişi lozim bölgan kamçiliklar röyxatini öz içiga olgan elektron xabarnoma jönatadi yoki taqdim etilayotgan hujjatlarning qoğoz manbalarda talab qiliş huquqiga ega.
Qoğoz manbalardagi hujjatlarni örganiş natijasida bojxona organi xodimi:
bojxona qonunçiligi buzilişi mavjud bölmagan holatda - taqdim etilgan hujjatlarni töliq miqdorda taqdim etgan şaxsga qaytaradi;
huquqbuzarlik aniqlanganda - qonunçilikda belgilangan çoralarni köradi.
Bojxona organlari boşqa vakolatli organlarda mavjud zarur hujjatlar va ma'lumotlarni elektron şaklda axborot almaşinuvi yöli bilan mustaqil ravişda oladi.
Bojxona organlari bojxona rasmiylaştiruvini amalga oşirişda qonun hujjatlariga va Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalariga rioya etilişini ta'minlaş maqsadida xavflarni boşqariş tizimini qöllaşi mumkin.
BYuDni töldiriş hamda elektron deklaratsiyalarni avtomatik holda röyxatga oliş va taqsimlaş tizimi işlaşi tartibi DBQ tomonidan belgilanadi.
DBQ bojxona yuk deklaratsiyalari hamda taqdim etiladigan hujjatlarning elektron şaklini tasdiqlaydi va özining rasmiy veb-saytiga joylaştiradi.
Taqdim etiladigan hujjatlarning elektron şakli belgilanmagan holatda uşbu hujjatlarning skaner orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
ERIni tarqatiş va uning hisobini yuritiş Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi- elektron raqamli imzolar kalitlarini röyxatga oliş markazi tomonidan taşkil etiladi.
Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almaşinuvi iştirokçilari hisoblanadi:
a) ruxsat etuvçi va boşqa hujjatlarni YaAATga kirituvçi va uzatuvçi vakolatli organlar xodimlari;
b) TEDAATga elektron deklaratsiya va elektron şaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvçi deklaratsiyalovçi şaxslar;
v) elektron deklaratsiya va elektron şaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylaştiruvçi bojxona organi xodimlari.
Elektron deklaratsiyani imzolaş vakolatiga ega bölgan jismoniy şaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) elektron deklaratsiyada körsatilgan ma'lumotlarni öz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovçi şaxsdir.
DBQning dasturiy-apparat vositalari deklaratsiyalovçi şaxslarning ERIsining haqiqiyligi va ularning röyxatda mavjudligini tekşiriş jarayonini, şuningdek, elektron şakldagi TEDAAT va YaAATga kelib tuşiş sana va vaqtini körsatuvçi ruxsat beruvçi va boşqa hujjatlarni qabul qilişni ta'minlaydi.
Bojxona organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda elektron deklaratsiyalar va elektron şaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanişini ta'minlaydi.
Elektron deklaratsiyani töldirişda asos bölgan qoğoz şaklidagi hujjatlarning saqlanişi böyiça javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Deklarant elektron deklaratsiyani töldirişda asos bölgan qoğoz şaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanişi şaroitlarini ta'minlaşi va ularga özgartiriş kiritişdan himoyalaşi şart.
Deklarant tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiya öz nomidan taqdim etilganda, u qonun hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega böladi.
Elektron deklaratsiyalarning qoğoz şaklidagi nusxalarini bojxona organlari tomonidan tasdiqlaş tartibi DBQ tomonidan belgilanadi.
Elektron deklaratsiyalardagi aniq kelişuvlar va ularning taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilariga boğliqligi töğrisidagi ma'lumotlar konfidentsial hisoblanadi.
Aniq taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilarining amalga oşirgan operatsiyalari töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etiş taqiqlanadi, qonunçilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.












