Zimbabvening amaldagi prezidenti Emmerson Mnangagva davlat rahbari saylovlarining yakuniy natijalari örganilayotgan bir paytda mamlakat fuqarolarini sabr va xotirjamlikka çaqirdi.
«Barçamiz sabr va oqillikni namoyiş etişimiz şart», — deb yozdi Mnangagva Tvitterda.

Uning sözlariga köra, ayni vaqtda mamlakat va Zimbabve fuqarolarining xavfsizligi «birinçi örinda turişi» lozim.

Avvalroq Reuters Zimbabve poytaxti Xarareda saylov natijalari e'lon qilinganidan söng öq tovuşlari eşitilganini xabar qilgandi.

Xabarlarga köra, parlament saylovlarida hukmron «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvar front» partiyasi 109 örin olib ğolib çiqqan. Muxolifatdagi «Demokratik özgarişlar harakati» partiyasi parlamentda 41ta öringa ega bölgan.

Mazkur natijalar e'lon qilinişi bilan Xarare köçalarida harbiylar va muxolifat tarafdorlari örtasida töqnaşuvlar boşlanib ketgan. Şuningdek, şahar ustida vertolyot közga taşlangani xabar qilinmoqda.
Mahalliy SABC News telekanalining politsiyaga tayanib xabar berişiça, töqnaşuvlar çoğida uç kişi halok bölgan.