Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida 2 avgust kuni “S.Rahimov” MFY Furqat köçasida joylaşgan oziq-ovqat dökonini sotuvçisi, M.A. şu dökonda sigareta çekiş maqsadida gugurt çaqqan vaqtida dökon yonidan ötgan gaz quvuridan sizib çiqib, töplanib qolgan gaz va havo aralaşmasidan çaqnaş sodir bölgan.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar berdi.
Natijada M.A. va şu yerda bölgan ikki nafar tanişlari kuyiş jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilganlar.
Suriştiruv işlari olib borilmoqda.












