Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'limi vazirligining “Umumiy örta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari böyiça namunaviy yillik iş rejasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Umumiy örta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari böyiça namunaviy yillik iş rejasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga köra, iş reja umumiy örta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik iş yuklamasidan (tarifikatsiya böyiça ajratilgan dars soatlaridan) iborat.
Pedagog xodimlar uçun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik iş yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oşiriladi.
Umumiy örta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari uçun bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi quyidagiça belgilanadi:
1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
5-11-sinflarida haftasiga 20 soat.
Iş rejani şakllantiriş uçun umumiy örta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik iş yuklamasi hisoblab çiqariladi.
Umumiy örta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik iş yuklamasi quyidagiça hisoblab çiqiladi:
1-4-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga köpaytiriş orqali, ya'ni:
18*1=18+18=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat;
5-11-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga köpaytiriş orqali, ya'ni:
20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat.
Umumiy örta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik iş yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida quyidagi qismlardan iborat holda amalga oşiriladi:
öquv-tarbiya jarayoni;
öquv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayon.
Öquv-tarbiya jarayoni uçun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagiça aniqlanadi:
1-4-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars maşğulotlari olib boriladigan haftalar soniga köpaytiriş orqali, ya'ni 18*34=612 coat;
5-11-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars maşğulotlari olib boriladigan haftalar soniga köpaytiriş orqali, ya'ni 20*34=680 soat.
Öquv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayon uçun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagiça aniqlanadi:
1-4-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi yillik hajmidan öquv-tarbiya jarayoni uçun ajratiladigan soatlarni ayiriş orqali, ya'ni 1548-612=936 coat;
5-11-sinflar uçun belgilangan bir stavka miqdoridagi iş yuklamasi yillik hajmidan öquv-tarbiya jarayoni uçun ajratiladigan soatlarni ayiriş orqali, ya'ni 1548-680=868 soat.
Iş reja ikki qismdan iborat tadbirlar majmuasidan iborat tarzda şakllantiriladi:
öquv-tarbiya jarayoniga oid;
öquv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayonga oid.
Öquv-tarbiya jarayoniga oid yillik iş reja umumiy örta ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga köra pedagog xodimlarga tarifikatsiya böyiça ajratilgan dars soatlari asosida şakllantiriladi.












