Özbekistonda amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlari, şuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasida qilingan işlar tahsinga loyiq. Poytaxt qiyofasi kundan kunga özgarmoqda. Lekin hali qilinadigan işlar köp. KUN.UZ tahririyatiga Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi Qizil tut va Kozimxoji köçalarida joylaşgan xonadonlardan murojaat kelib tuşdi. Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida uşbu köçadagi xonadonlarga taşrif buyurdik.
Köçalar asfalt qilingan, yangi yoritiş çiroqlari örnatilgan. Aholi nimadan norozi, hayron böldik. Şu köçada yaşaydigan otaxon bizga “bu köça yaqinda prezidentimiz kelişi munosabati bilan tezlikda qurildi, köçalarga çiroq örnatilib, eski tomlarning köçaga qaragan qismi almaştirildi, lekin prezidentimiz kelmadilar”, dedi. Keyin bizni özi yaşab turgan uyga taklif qildi.

Tor yölakdan uyga kirdik. Uylar eskirgan, devorlari köçgan 2 sotix yerda 3 ta oila yaşab kelmoqda. Köça böylab joylaşgan bunday ahvoldagi xonadonlar ançagina ekan. Bir uy buzilib, uy egasi köçib ketgan. Lekin buzilgan uyning joyi xaşak bosib, ilon va çayonlar makoniga aylangan. Şu joyning yonida yaşovçi ayol “har doim qörqib yaşaymiz, bolalarimizni biron haşarot çaqib olmasin, devorlar qulab ketmasin deb doim xavotirdamiz”, deya kuyinib gapirdi.

Toşkent şahar hokimining 2010 yil 22 apreldagi 223-sonli qaroriga asosan Qizil tut va Kozimxoji köçalarida joylaşgan ayrim uy-joylar buzilişga tuşgan bölib, uşbu qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida 2010 yil 26 aprel kuni Olmazor tuman hokimining 22-F sonli farmoyişi qabul qilingan. Uşbu qaror va farmoyiş ijrosi yuzasidan buziliş hududida 42 ta uy-joy joylaşganligi va bu uylarda jami 157 ta oila röyxatda turişi aniqlangan. Lekin nimagadir Toşkent şahar hokimining topşiriğiga asosan buziliş işlari vaqtinça töxtatilgan bölib, buziliş töğrisidagi qaror bekor bölmagan.

Toşkent şahar hokimining 2015 yil 3 sentabrdagi 791-sonli qarorining 2-bandida tuman hokimligi huzurida taşkil etilgan komissiya zimmasiga tumanning “Eski şahar” hududidagi uylar buzilişga tuşgan va mazkur uylarda doimiy röyxatda bölib yaşayotgan fuqarolarning arizalariga asosan, ularga Nurafşon köçasidagi uylardan ipoteka krediti asosida, me'yorlarda örnatilgan tartibda uy-joy ajratilişi ma'lum qilingan. Aholi arosatda qolgan. Na uyini buzişga, na ta'mirlaşga hayron. 2010 yildan buyon bir buziladi, bir buzilmaydi degan vahima. Heç kim aniq javob bermaydi.

Murojaatimizning maqsadi ham şu mavhumlikka aniqlik kiritiş, deydi xonadon egalari. Şundan söng biz Olmazor tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari bilan boğlandik, gaplaşdik. Hokim örinbosari ham vaziyatga oydinlik kiritmadi. “Biz ham aniq ma'lumotga ega emasmiz, hali yuqoridan heç qanday buyruq berilmadi. Balki ertaga, balki 10 yildan keyin buzilar, bizga ham hozirça qoronği”, deb javob berdi.
Xöş, arosatda yaşayotgan Qizil tut va Kozimxoji köçalaridagi fuqarolarga kim aniq javob beradi? Uylar buziladimi yoki yöq? Öylaymizki, tez orada bu mavhumlikka aniqlik kiritiladi.










