Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Olmazor tumanidagi Qiçqiriq mahallasida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari va aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Taşkil topganiga öttiz yildan oşgan uşbu mahallada 23 ta köp qavatli uy joylaşgan. 1 ming 416 ta xonadonda 5 ming 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Prezidentning 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va qiyofasini tubdan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilgan özgarişlar natijasida mahalla bugun butunlay yangi qiyofa kasb etdi.
“Obod mahalla” davlat dasturi doirasidagi uşbu loyihaga mahalliy byudjetdan 71,4 milliard söm mablağ yönaltirildi. Natijada hudud zamonaviy “yaşil” şaharsozlik muhitini özida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylandi.
Eng katta yangiliklardan biri Qiçqiriq kanali qirğoği böylab barpo etilgan sayilgoh böldi. Uning uzunligi 2,4 kilometrni taşkil etadi. Suv böyi hududi aholi tun-u kun hordiq çiqaradigan şinam va ozoda maskanga aylantirildi.
Bu yerda 12,4 kilometr uzunlikda piyodalar yölagi yotqizildi, qöşimça yaşil hudud taşkil etildi. Suv havzasi ustida muhtaşam ayvon, 14 ta şiypon, çarxpalak va favvoralar qurildi.
Bugun mahallada 6,5 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt parvariş qilinmoqda. Turar joylarning taşqi körinişi ham yangilandi. Aholi dam olişi uçun yuzlab örindiqlar, yoritiş çiroqlari örnatildi.

Bu yerda yoşlar uçun ham barça şaroit yaratildi. 12 ta vorkaut maydonçasi va 3 ta futbol maydoni barpo etildi, kutubxonalar foydalanişga topşirildi.
Tadbirkorlik ham jadal rivojlanib, 47 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Yangi loyihalar hisobiga 61 ta yangi iş örni yaratildi.
Davlat rahbari şu yerning özida aholi bandligini taʼminlaş va kambağallik bilan işlaş böyiça masʼullarga körsatmalar berdi.

Qiçqiriq mahallasida ham bu borada öziga xos tizim yölga qöyilmoqda.
Masalan, mahalla fuqarosi Gulnora Ğoyipova kulolçilik tögaragi va töquvçilik sexi faoliyatini yölga qöydi. Bu yerga mahalladagi işsiz yoşlar va xotin-qizlar jalb etilib, “Usta-şogird” anʼanasi asosida hunar örganmoqda.

















