Tadbirkorga 3,5 mln dollarlik kredit olib beriş evaziga 420 ming dollar talab qilgan tijorat banki yuristi va uning şerigi uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, uning nomiga 3,5 mln AQŞ dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berişlarini aytgan.
Ular «xolis» xizmatlari evaziga kredit summasining 12 foizini, ya’ni 420 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.








