Özbekiston terma jamoasi 28 may kuni Toşkentda Kamerun bilan örtoqlik öyini ötkazadi.

Journal du Cameroun xabariga köra, kamerunliklar 25 may kuni Parijda Burkina-Faso bilan, uç kun ötgaç, Toşkentda Özbekiston terma jamoasi bilan bahs olib boradilar.

Ma'lumki, Kamerun jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritolmagan va bu örtoqlik bahslaridan Afrika Kubogi 2019 musobaqasiga tayyorgarlik körişni maqsad qilgan.

Ayni paytda, «böysunmas şerlar» boş murabbiyga ega emas va jamoani Aleksandr Belinga vaqtinçalik boşqarmoqda.