Germaniyada mini-dominodan tayyorlangan zanjirni yiqitiş böyiça jahon rekordini örnatişga paşşa xalaqit berdi, deb yozmoqda Der Spiegel.
Nidda şahrida bir guruh kişilar domino toşlaridan tayyorlangan eng uzun zanjirni yiqitiş böyiça jahon rekordini örnatişga urinib kördi. Tayyorgarlik işlarida 20ga yaqin kişi qatnaşdi. Zanjirni tayyorlaşga ikki hafta vaqt ketdi. Ammo xira paşşa ularning rejalarini çippakka çiqardi.
"Domino toşlarining kattaligi jimjiloq barmoqning tirnoğidek keladi. Paşşa muddatidan oldin toşlarning harakatga kelişiga sababçi böldi va bizda zanjirning barça qismini qayta tiklaşga vaqt bölmadi", — dedi tadbir taşkilotçisi Patrik Sinner.
Lekin iştirokçilarning urinişlari zoye ketmadi. Ular rejalaştirilgan 600 mingta örniga 569 229 toşni yiqitişga muvaffaq bölişdi. Jarayon 15 daqiqaga yaqin davom etdi va Germaniyadagi eng uzun zanjirli reaksiya sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord 538 ming toşdan iborat zanjirda qayd etilgandi.












