Buyuk Britaniya Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot (KQTT) ekspertlarini Eymsberidagi zaharlaniş voqeasi böyiça qöşimça namunalar töplaş uçun taklif qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi xabarida aytiladi.

«Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilotning mustaqil texnik ekspertlari Eymsberida Buyuk Britaniyaning bir fuqarosi ölimiga va boşqa birining jiddiy kasallanişiga sabab bölgan asab-falajlovçi modda böyiça işni davom ettiriş uçun mamlakatga qaytişga taklif qilindi», - deyiladi Britaniya Taşqi işlar vazirligi bayonotida. 

Buyuk Britaniyaning Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilotdagi doimiy vakili örinbosari taşkilot boş direktoriga murojaat qilib, işda yordam berişni taklif etdi. Bu Kimyoviy qurol töğrisidagi Konventsiyaning VIII 38 (e) moddasiga muvofiq amalga oşirildi.

Ta'kidlanişiça, taşrif davomida Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot ekspertlari taşkilot tomonidan tasdiqlangan nufuzli xalqaro laboratoriyalarda tahlil qiliş uçun qöşimça namunalarni töplaşadi.