Buyuk britaniyalik yigirma beş yoşli sayyoh Dubayda Lamborghini Huracan avtomobilini ijaraga oldi va tört soat içida tezlik qoidasini 33 marta buzdi. Politsiyaning ma'lumot berişiça, u maşinani soatiga 240 kilometr tezlikda haydagan. Bu haqda The National naşri xabar berdi.
Saeed Ali Rent ijara firmasining ma'lum qilişiça, ular superkarni ijaraga berganlarining ertasi kuni jarima töğrisidagi xabarnomalarni olişni boşlaşgan. Umumiy jarima miqdori 175 ming dirhamni (47644 dollar) taşkil etgan. Avtomobilni ikki kunga ijaraga oliş sayyohga olti ming dirxamga (1633 dollar) tuşgan.
Ijara firmasi Lamborghini’ni jarima tölaş masalasi hal bölgunga qadar britaniyalikda qoldirişga qaror qilgan. Buning sababi, avtomobil qaytarib berilgan holda kompaniyaning özi tölaşi uçun jarima kompaniya nomiga yoziladi.












