Bir millatning tili yöqolsa, bu degani, uning madaniyati ham, ma'naviyati ham yöqolgan holda tafakkuri özgaradi, deydi qozoğistonlik özbek millatiga mansub Ikrom Hoşimjonov.
Kun.uz muxbiri iyun oyida Qozoğistonda yaşab kelayotgan özbek millatiga mansub qozoğistonlik «Döstlik» özbek etnomadaniy birlaşmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoşimjonov suhbatlaşdi. Uşbu suhbat davomida Hoşimjonov Qozoğistonda tuğilib ösgan, şu bilan birga özbek tili va madaniyatini unutmagan özbeklar haqida sözlab berdi.

Har xil millat va elatlarning bir bayroq ostida ahil yaşab kelayotganiga Ikrom Hoşimjonov şunday deb izoh berdi:
«Har bir davlat mustaqillikka erişgandan söng, davlat rahbarlarining oldida yagona maqsad böladi: xalqini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tanazzulga uçratmasdan, xalqni yorqin yölga olib çiqiş. Mana şu yölga olib çiqişning eng avvalgi bosqiçi - har bir davlatdagi millatlararo böladigan töqnaşuv, nizolarning oldini oliş.
Şunday qilib, prezident Nursulton Abişeviç Nazarboyev 1995 yil 1 mart kuni prezident devoni huzurida maslahat organini tuziş taklifini bildirdi.
Bu organ amaliyotda yaxşi samara bergandan söng, unga konstitutsion maqom berildi».
Ma'lum qilinişiça, özbek millati butun Qozoğistonda aholi soni böyiça uçinçi örin, Janubiy Qozoğistonda esa ikkinçi örinda qayd etiladi.
«Har bir millatning tili, madaniyati va an'analarini unut bölmasligi uçun turli etno birlaşmalar faoliyat yuritmoqda. Bir millatning tili yöqolsa, bu degani, uning madaniyati ham, ma'naviyati ham yöqolgan holda tafakkuri özgaradi.
Zero şunday ekan, bizning, qozoğistonlik özbeklar öz ona tilini sof va toza saqlab qolişgan. Bizning milliy urf-odatimiz ham saqlanib qolgan», deb qöşimça qiladi u.
Suhbatni töliq tarzda tomoşa qiliş uçun quyidagi havolaga bosing.











