Materialşunoslik va innovatsiyalarni boşqariş sohasida mutaxassis sanalgan «Buyuk kelajak» XNNT a'zosi Yölbarsxon Mansurov Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziriga yangi örinbosar etib tayinlandi. Bu haqda «Buyuk kelajak» XNNT rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Rossiya Fanlar akademiyasida faoliyat olib borgan Mansurov ötgan davr mobaynida Scopus i Web of Science kabi maşhur tahririyatlar bilan ijodiy hamkorlik qilib kelgan. U oliygohlarda innovatsion texnologiyalar faoliyatini taşkil etiş böyiça monografiya muallifi, şuningdek texnologiyalar transferi va tijoratlaştiriş böyiça ekspert hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari lavozimida işlagan Otabek Nazirov Xalq ta'limi vaziriga örinbosar etib tayinlangandi. Bundan taşqari, vazir örinbosari lavozimida işlagan Şerzod Şermatov ham Xalq ta'limi vazirligiga ötkazilgan bölib, u vazirlik rahbari sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Vazirning birinçi örinbosari bölib işlagan Baxtiyor Umarov ayni paytda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.












