Köpçilik aqlli va mehnatkaş odamlar, albatta, muvaffaqiyatga erişişiga işonişadi. Biroq, aslida, aql darajasi muvaffaqiyatingizga boğliq bölgan asosiy omil emas. Muhim rol öynaydigan yana bir jihat mavjud.

Öqimişlilik sizga köp narsaga erişişda yordam beradi, aslida hissiy intellekt yetuk aqliy qobiliyatlarga qaraganda muhimroq.
Griffit universiteti katta ma'ruzaçisi doktor Artur Poropat, şaxsga xos bölgan beş omil – vijdonlilik, oçiqlik, hissiy barqarorlik, ekstraversiya va mömin-qobillikni örgandi. Aniqlanişiça, mazkur jihatlar yaxşi rivojlangan talabalarning a'lo baho oliş imkoniyati IQ darajasi yuqori bölganlarga qaraganda köproq.
Karnegi-Mellonning yana bir tadqiqoti natijalariga köra, gap moliya haqida borganida hissiy intellekt odatiy aqlga qaraganda muvaffaqiyatning muhimroq omili sanaladi. Moliyaviy muvaffaqiyat 85 foiz - özaro muloqot qila oliş, 15 foiz – texnik bilimlarga boğliq böladi. Bularning bari odamlar özlari işongan insonlar bilan biznes yuritişga intilişlari bilan izohlanadi.
Demak, quyidagi jihatlar muvaffaqiyat imkoniyatiga köproq ta'sir körsatadi:

Şaxsiy nazorat
Agar hissiyotlaringizni töğri boşqara olsangiz, demak salbiy vaziyatlarda özingizni ongli holda nazorat qilasiz. Dastlab öylang, keyin bajaring – bu maslahat hayotning istalgan sohasida asqatadi.
Şaxsiy rivojlaniş qoidasi
Bunday qoidaga ega odamlar maşaqqat va sinovlarga iştiyoq bilan munosabatda bölişadi. Ular öz kuçiga astoydil işonibgina qolmay, aqliy salohiyat darajasi pastroq bölsa-da, bunday qoidaga ega bölmaganlarga qaraganda samaraliroq işlaydi.
Qat'iylik
Öz xatolarini töğrilaşni eplolmaslik – salbiy jihat. Qat'iy odamlar ular kutmagan biror narsa sodir bölsa, tuşkunlikka tuşişmaydi – xatolarini tan olib, uning yeçimini izlaşadi.

Iştiyoq
Işga nisbatan iştiyoq muvaffaqiyat sari harakatlanişga yordam beradi. Biror sohada muvaffaqiyatga intilişning özi yetarli emas. Haqiqatan ham natijaga erişiş istagi bölsa, öz işini seviş kerak.
Empatiya
Mijoz yoki hamkasbning vaziyatiga “kiriş” işonçni oşirib, zöriqişni kamaytiradi. “Men sizning fikringizni tuşunaman” va “siz nohaqsiz” sözlari orasida farq bor va u – empatiya.
Vijdonlilik
Vijdonli odamlar intizomli bölişadi va barini oldindan rejalaştirişadi. Ular özlarini barça zaruriy bilimga ega deb hisoblaşmaydi va vazifalarini tartibli bajarişga harakat qilişadi.

Ijtimoiylik
Siz asosiy işingizdan ajralmagan holda netvorking bilan şuğullana olasiz, jamoada işlaş va odamlarni bir-biri bilan taniştiriş qobiliyatiga egasiz. Ijtimoiylik – özini döstona tutiş bilan çeklanmaydi. Bu har qanday vaziyatda ham hissiyotlarni boşqara olişingizni anglatadi. Demak, muvaffaqiyatga erişa olasiz.
Yangi tajribaga nisbatan oçiqlik
Agar bari qanday taşkil etilgani sizga qiziq bölsa va barça narsaga tuşuntiriş izlasangiz, sizning muvaffaqiyatga erişişingiz ehtimoli qiziquvçan bölmagan tengdoşlaringizga nisbatan tört marta yuqoriroq. Bu qisman biror narsani kaşf etiş imkoniyati paydo bölgandagi taassurot hissi bilan boğliq.










