Özbekistonda köp ayollar 25–30 yoşdan keyin hayotda yangitdan yöl boşlaş uçun keç emasmi, deb ikkilanişadi. Göyo bu yoşga kelib hamma narsa hal bölgan, töxtab qolgan, özini qayta ixtiro qiliş uçun vaqt qolmagandek.

Aslida esa dunyo miqyosidagi eng katta muvaffaqiyatlar aynan 35-40 yoşdan keyin boşlangan.

Katerina Feyk

Katerina Feyk — 35 yoşida Flickr’ga asos solgan va millionerga aylangan. U 2002 yilda özining birinçi onlayn-loyihasini boşlagan, lekin u muvaffaqiyat qozonmadi. Biroq 34 yoşida ikkinçi urinişni qiladi — Flickr. Bir yil ötib Yahoo uni sotib oladi. Bugun Flickr dunyodagi eng katta fotoplatformalardan biri.

Vera Vang

Vera Vang — dunyodagi eng maşhur kelinlik liboslari dizayneri. U 40 yoşida moda olamiga kirib kelgan va muvaffaqiyat qozongan.

JK Rowling

JK Rowling — bolasini boqiş uçun nafaqa oladigan yolğiz ona edi. Şu vaziyatda “Garri Potter”ni yoza boşladi. Öşanda u 31 yoşda edi va yetti kitobdan iborat bu maşhur asari unga 1 mlrd dollar daromad keltirgan.

Toni Morrison

Toni Morrison — amerikalik yozuvçi, birinçi kitobini 39 yoşida yozgan, 62 yoşida Nobel mukofotini olgan. U ham yolğiz ona edi va işdan keyin ijod qilardi.

Arianna Haffington

Arianna Haffington — 55 yoşida The Huffington Post’ni oçdi, 60 yoşida multimillioner böldi. Gazetaga öz nomini bergan. 2011 yilda AOL uni 315 million dollarga sotib oldi.