Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklikni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan nodavlat madaniyat va san'at muassasalarini taşkil etiş maqsadida böş turgan yer uçastkalarini va böş turgan davlat mulki obektlarini bepul asosda tadbirkorlik sub'yektlari bilan davlat-xususiy şeriklik töğrisida uç tomonlama bitim tuzişga ruxsat berilişi mumkin.

Madaniyat vaziriga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisiga, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlariga davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlar öz vaqtida va samarali amalga oşirilişi hamda xususiy şeriklar tomonidan öz zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinişi uçun şaxsiy mas'uliyat yuklanadi.

Belgilanişiça, böş turgan yer uçastkalarini va böş turgan davlat mulki obektlarini bepul asosda olgan, davlat-xususiy şeriklik töğrisida bitim tuziş xohişini bildirmagan tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

Tijorat banklari rahbarlariga tijorat banklari bilan tadbirkorlik sub'yektlari örtasida 10 yil muddatga, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 7 foiz stavka böyiça kredit şartnomalari belgilangan tartibda tuzilişini ta'minlaş va kredit liniyalari oçiş töğrisidagi bitimlarga muvofiq pul mablağlarini oliş uçun zarur buyurtmanomalarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston Respublikasining rivojlaniş davlat dasturlarini moliyalaştiriş jamğarmasiga taqdim etiş tavsiya qilinadi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nodavlat madaniyat va san'at muassasalarini rivojlantiriş va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş böyiça tadbirlarni moliyalaştiriş uçun bir oy muddatda tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozli kredit berişning keyingi bosqiçlarini moliyalaştirişning aniq manbalari, hajmlari va muddatlarini belgilaydi.

Madaniyat vazirligiga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda nodavlat madaniyat va san'at muassasalari taşkil etiş maqsadida foydalanilişi mumkin bölgan böş turgan yer uçastkalarini va böş turgan davlat mulki obektlarini şu jumladan işlamaydigan va but qilinmagan davlat madaniyat va san'at muassasalarini bepul asosda tadbirkorlik sub'yektlariga beriş yuzasidan davlat-xususiy şeriklik töğrisida namunaviy bitim loyihasini işlab çiqadi.

Qayd etilişiça, davlat-xususiy şeriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi axborotning oçiqligi va qulayligi, bundan davlat sirini va qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil qilgan ma'lumotlar mustasno;

kamsitişning yöqligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;

tomonlarning bitim böyiça majburiyatlarni vijdonan bajarişi;

xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari örtasida adolatli taqsimlanişi;

davlat-xususiy şeriklik tomonlari özaro munosabatlarining şartnomada kelişib olingan asosi.

Davlat-xususiy şeriklik quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:

madaniyat va san'at muassasalari binolarini quriş maqsadida doimiy foydalaniş uçun yer uçastkalarini bepul taqdim etiş;

davlat mulki bölgan böş turgan köçmas mulk obektlarini, şu jumladan işlamaydigan davlat madaniyat va san'at muassasalarining binolarini «nol» xarid qiymati böyiça realizatsiya qiliş;

but qilinmagan davlat madaniyat va san'at muassasalarining foydalanilmaydigan binolari yoki korpuslarini uzoq muddat bepul foydalaniş uçun xususiy şeriklarga ötkaziş;

işlab turgan davlat madaniyat va san'at muassasalari hududidagi yer uçastkalarini nodavlat madaniyat va san'at muassasalari hamda ularga xizmat körsatuvçi binolarini quriş uçun doimiy foydalanişga bepul beriş;

mavjud davlat madaniyat va san'at muassasalarini qayta quriş va jihozlaş hamda keyinçalik otaliqqa oliş şarti bilan nodavlat madaniyat va san'at muassasalari obektlarini quriş uçun yer uçastkalarini bepul taqdim etiş;

konsessiya asosida quriş, qayta quriş va jihozlaş uçun yer uçastkasi yoki bino ajratiş;

xususiy şerik mulki negizida taşkil etilgan madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta'minlaş;

madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta'minlaş;

otaliq şaklidagi filantropik faoliyat.

Davlat-xususiy şeriklik tanlov asosida amalga oşiriladi, bundan uşbu bandning sakkizinçi-öninçi xatboşilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.