Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni madaniyat va san’atni rivojlantiriş, milliy merosimizni asrab-avaylaş hamda xalqaro miqyosda keng tarğib qilişga qaratilgan loyiha va tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi.

Dastlab nufuzli xorijiy muzey va körgazma maydonlarida Özbekistonning arxeologik va ilmiy merosi, şuningdek, amaliy san’at asarlarini namoyiş etiş böyiça rejalar körib çiqildi.

Jumladan, 2026 yil sentabr oyida Dohadagi Islom san’ati muzeyida “Uzbekistan: Heritage in Motion” körgazmasini, noyabr oyida esa Milandagi Prada fondida Özbekistonning noyob eksponatlari iştirokida “Global Antiquity” xalqaro arxeologiya körgazmasini taşkil etiş rejalaştirilgan. 2027 yilda Venetsiyadagi Palatsso Grimani va Yaponiyaning Nara milliy muzeyida Özbekistonning bronza davridan ilk örta asrlargaça bölgan tarixini aks ettiruvçi 200 dan ziyod arxeologik topilmalar namoyiş etiladi. Milandagi Palatsso Realeda oltin kaştaçilik, sözana, ikat, zargarlik buyumlari va amaliy san’at asarlaridan iborat 150 dan ortiq eksponat taqdim etiladi.

Florensiyada Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosiga bağişlangan körgazma ötkaziş, şuningdek, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va boşqa davlatlardagi yetakçi madaniy muassasalar bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalari bayon qilindi.

Madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Knyaz Nikolay Romanov saroyida Özbekiston davlat san’at muzeyi filialini taşkil etiş közda tutilgan. Bunda majmuaning tarixiy qiyofasi saqlab qolinib, 300 ga yaqin eksponatdan iborat doimiy ekspozitsiya şakllantiriladi.

Muxtor Aşrafiy uy-muzeyida binoning fasadi va tarixiy intererlari restavratsiya qilinib, ekspozitsiya yangilanmoqda. Muzey zamonaviy muhandislik tizimlari, xavfsizlik va iqlim nazorati vositalari, multimedia uskunalari, şuningdek, ovoz yoziş studiyasi bilan jihozlanadi.

Taqdimotda “Tamerlano” operasini jahonning nufuzli sahnalarida namoyiş etiş natijalari va kelgusi rejalar körib çiqildi.

Joriy yilda uşbu asar Dubay operasi, Venadagi “Muzikferayn”, Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatri hamda Versal saroyi Qirollik operasi sahnalarida namoyiş etildi. Stefano Poda sahnalaştirgan operada Georg Fridrix Gendel musiqasi Kirill Rixter talqinida, özbek milliy çolğu asboblaridan foydalanilgan holda ijro etildi. Loyihada Özbekiston Milliy simfonik orkestri, xor, xalq çolğulari orkestri va taniqli solistlar iştirok etdi.