«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekiston madaniyati kunlari 27–28 iyul kunlari Qirğizistonning Çölponota şahrida ötkaziladi.

«Kabar» Qirğiziston milliy axborot agentligi ma’lumotiga köra, Özbekiston ijodiy delegatsiyasi 26 iyul kuni «Issiqköl» (Tamçi) xalqaro aeroportiga yetib kelgan.

Delegatsiyaga Özbekiston madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov boşçilik qilmoqda. Uning tarkibidan 200 ga yaqin madaniyat va san’at vakili, jumladan taniqli ijroçilar, sozandalar, raqs jamoalari va madaniyat arboblari örin olgan.

Ikki kun davomida özbekistonlik san’atkorlar Issiqköl viloyati aholisi va mehmonlariga mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi hamda milliy san’atning zamonaviy yutuqlarini aks ettiruvçi dasturni taqdim etadi.

Qayd etilişiça, Özbekiston madaniyati kunlari ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik va döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.