Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlaş tartibi töğrisida nizom loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşning asosiy şakllaridan biri idora içida, idoralararo va davlatlararo maqsadli tayanç doktorantura va doktoranturadir.
Doktorantlarni idora içida, idoralararo va davlatlararo maqsadli tayyorlaş uçun doktorant, ularni yuboruvçi va qabul qiluvçi taşkilot örtasida uç tomonlama şartnoma tuziladi. Oliy öquv yurtlari, ilmiy muassasa va taşkilotlar maqsadli doktoranturaga yuboriladigan şaxslar örtasida tanlov ötkazilişini ta'minlaydi.
Maqsadli doktoranturaga doktorantlar OTM va ITMlarining tasdiqlangan qabul qiliş rejalariga muvofiq va vazirlik hamda muassasalar belgilangan muddatlarda qabul qilinadilar.
Doktoranturaga kirayotgan şaxslar uçun ularni bölajak öquv joylarida doktoranturaga tayyorlaş maqsadida tayanç doktorantlarga stajyer-tadqiqotçi, doktorantlarga katta ilmiy xodim lavozim maoşi miqdorida 3 yilgaça bölgan muddatda stipendiya tölanadi va tadqiqot olib borişlari közda tutiladi.
Davlatlararo maqsadli tayanç doktorantura va doktoranturaga kirayotgan şaxslarga xalqaro şartnomalarga asosan amalga oşiriladi.
Maqsadli doktoranturaga nomzodlarni tanlaş va yuboriş yuboruvçi taşkilot tomonidan amalga oşiriladi. Maqsadli doktorantura böyiça hisobot olib boriş maqsadli doktoranturani amalga oşirayotgan taşkilot zimmasiga yuklatiladi.
Maqsadli doktoranturani tugatgan mutaxassislar ularni öqişga yuborgan oliy öquv yurti, ilmiy muassasa va taşkilot ixtiyoriga qaytişlari şart.
Maqsadli doktoranturani tugatib oliy öquv yurti, ilmiy muassasa va taşkilot ixtiyoriga qaytmagan şaxslardan şartnomada belgilangan alohida hollardan taşqari öqiş bilan boğliq sarf-xarajatlar undirib olinadi.
Maqsadli doktorantura nufuzli ilmiy maktablar va laboratoriya-tadqiqot bazalari, Kollegial organga yoki ilmiy, ilmiy-texnikaviy kengaşga ega bölgan yetakçi OTM, ITM, idora va taşkilotlari qoşida fan va texnikaning eng muhim sohalari böyiça oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş maqsadida, yetakçi idora va taşkilotlarning muammolarini yeçiş, rivojlantiriş, takomillaştiriş, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnikaning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş maqsadida taşkil etiladi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralardagi doktoranturalar faoliyatini nazorat qilib boradi va ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladi. Fanlar akademiyasi, vazirlik, idora va taşkilotlar Innovatsion rivojlaniş vazirligiga doktorantura faoliyati töğrisidagi hisobotlarni 5 iyun va 5 dekabrgaça bölgan muddatda berib boradilar.
Doktoranturada öqiş muddati ilmiy-pedagogik iş stajiga qöşiladi.
Doktorantlar qonunçilik bilan belgilangan hollardan taşqari butun öqiş davri davomida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qilinmaydilar.












