Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyruği bilan 2027-yil uçun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, respublika böyiça jami 4 840 ta qabul kvotasi ajratilgan. Uşbu örinlar mamlakatdagi 234 ta ilmiy va ta’lim taşkiloti kesimida taqsimlangan.

Qabul kvotalarining eng katta qismi tayanç doktorantura hissasiga töğri keladi. Uşbu yönaliş uçun 3 900 ta örin ajratilgan.

Şuningdek, doktorantura uçun 540 ta, stajyor-tadqiqotçilik uçun esa 400 ta qabul kvotasi belgilangan.

Şu tariqa, 2027-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy kadrlar tayyorlaş uçun jami 4,8 mingdan ortiq örin ajratiladi.