Futbol böyiça Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov Osiyo öyinlariga jönab ketiş oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Tarkibda ikki nafar darvozabon bor. Har xil vaziyat bölişi mumkin. Fors-major holati ehtimoli ham hisobga olinganmi?
- Afsuski, Osiyo öyinlari reglamentiga muvofiq, zayavkaga 20 nafar futbolçini kiritiş mumkin. Albatta, buning öziga yaraşa noqulayliklari bor. Biroq bu holat faqat biz bilan röy berayotgani yöq. Örganib çiqdim, köpçilik jamoalar ikki darvozabon bilan boradi. Fors-major holatlariga tayyormiz. Bu narsa sir bölib qolsin, kutilmagan vaziyat yuzaga kelsa, bunga variant tayyorlab qöyganmiz.
- Aziz Ğaniyevning jarohati rejalaringizga qançalik ta'sir körsatdi?
- 6 oylik tayyorgarlik jarayonida har bir pozitsiyada ikki nafardan futbolçi bölişini istadik. Aziz Ğaniyevning jamoada öziga yaraşa öringa ega. Bu futbol, jarohat uning bir qismi. Afsuski, iyul oyidagi oxirgi öyinlarimizda Ğaniyev jarohat oldi. Jarohati jiddiy emas, deya umid qilgandik. Afsuski, unday bölmadi.
Albatta, biz doim yöqotişlarga tayyor turişimiz kerak. Jarohat olgan futbolçining örniga boşqa nomzodlarni tayyorlab boramiz. Öylaymanki, qolgan öyinçilar Azizning yöqligini bildirmaydi. Azizga soğlik tilab qolamiz.
- Yaqinda Vetnamda bölgan turnirda aslida asosiy tarkib qatnaşişi kerak bölgan ekan. Nima uçun rejalar özgardi?
- Superliga taqvimining tiğizligi sabab şunday yöl tutdik. Futbolçidan iyulda Vetnamga, avgustda Indoneziyaga jönab ketişsa, ularning klublari uçun katta yöqotiş bölgan bölardi. Şuning uçun ham rejamizga özgartiriş kiritişga majbur böldik.
- Terma jamoaga jalb etilgan 23 yoşdan katta futbolçilar haqida töxtalib ötsangiz.
- Uç nafar örinning har biriga ikki nafardan nomzod futbolçini jalb qiliş niyatida edik. Jaloliddin Maşaripov, Aziz Turğunboyev, Ikrom Aliboyev – bu futbolçilar öz pozitsiyalarini kuçaytira oladigan öyinçilar. Osiyo çempionatidan keyin legionerlar paydo bölgandi – Doston Hamdamov, misol uçun. Uning kelişi katta söroq ostida edi. Ularning örnini töldirişni öylab, iş olib borgandim.
Yoşlar jamoasiga yoşi ança katta futbolçini taklif qilişning öziga yaraşa minus taraflari bor. Terma jamoa tarixida bunday holatlar bölgan. Futbolçilar: «Mana, Odil akaga beraylik, özlari öynasinlar», deb mas'uliyatni özidan soqit qilib yuboriş hollari uçragan. Masalaning şu tomonini öyladim. Bu yigitlar qolganlar bilan deyarli tengdoş, oralarida 1-2 yoş farq bor, xolos. Köp musobaqalarda birga öynaşgan. Şuning uçun ham ularning jamoaga qöşilib ketişi oson böldi.
- 23 yoşdan katta futbolçilarning uçalasi ham yarimhimoyaçilar. Qolgan çiziqlar, ayniqsa hujum çiziğidan könglingiz tölib, Osiyo çempionlariga topşiryapsizmi?
- Albatta, hujum çiziğini ham kuçaytirişimiz mumkin edi. Biroq özimizning futbolçilardan Bobur Abduxoliqov, Zabihillo Örinboyev, Andrey Sidorovga işonç bildirdik.
Bundan taşqari, Maşaripov, Turğunboyev, Hamdamovlar yarimhimoyaçi bölişsa-da, hujumda ham faol öynaşadi. Javohir Siddiqov ham şu jumladan. Hujumni taşkil qilişda ham, unga nuqta qöyişda ham bu futbolçilar yordam berişadi. Hujum çiziğida muammo bölmaydi, deb umid qilaman.
Himoyaga kelsak, ruslarda «Ot dobra dobra ne işçut», deyişadi. Aşurmatov, Komilov, Tursunov, Otaxonov – ular hozir Superligadagi eng kuçli himoyaçilar. Himoya çiziğidan könglim töq.
- Jamoa sardori kim böladi?
- Zabihillo Örinboyev, Odiljon Hamrobekov va Doston Tursunovlardan biri. Mana, ularning safiga safiga Jaloliddin Maşaripov ham qöşildi. Sardorlik boğiçini özgartiriş u qadar jiddiy masala emas. Murabbiylar bilan kelişib, maydondagi öyinçilardan birini sardor etib tayinlaymiz.
- Hujum çiziğida yana öşa uçlik. Bobur Abduxoliqov –«Nasaf»da asosiy tarkib öyinçisi, lekin Sidorov har transferlar oynasida jamoasini özgartiradi. Oliy liganing heç bir jamoasida könikib öynab ketmayapti. Zabihillo Örinboyev ham mana neça yildirki oliy ligada öynayotgan bölsa-da, juda kam gol uradi. Töğri, Zabihillo Örinboyev – jamoa sardori sifatida çempion böldi, Sidorov ham kerakli golni urdi. Biroq Germaniyada ham Gyottse JÇdagi tarkibga kirmadi, Portugaliyada zaxiradan tuşib oltin golni kiritgan Ederni Rossiyaga olib ketişmadi. Bu futbolçilarni hujumçi yöqligidan majburan olyapsizmi?
- Bu yoşda hujumçilarimiz juda kam. Qidiriş bilan ovoramiz. Yoşlar termasining orasidan ham izlab kördik. Lekin hali bizning talabga javob beradigan öyinçilarni körmayapman. Yoşi katta futbolçilardan olişimiz mumkin edi, biroq biz şu uçlikka işonç bildirdik. Xudo xohlasa, oçilib ketişadi.
- Osiyo çempionatida jamoa faqat hujumkor öyin körsatgan edi. Hatto 2:0 hisobida oldinda borayotgan bölsak-da, hujum qilişdan töxtamagandik. Bu safargi tarkibimizda yoşi katta futbolçilardan Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Maşaripov, Azizbek Turğunboyev kabi öyinçilar ham bor. Ular ham hujumkor öyinçilar. Musobaqada hujumkor va çiroyli öyin körsatişga va'da bera olasizmi?
- Men bir narsaga – öyinimizning balansiga va'da beraman. Faqat hujumda öynaymiz, faqat himoyalanamiz yoki faqat qarşi hujumlarga umid qilamiz, deb aytiş noörin. Bu juda köp faktorlarga boğliq. Hamma omillarni hisobga olib, iş tutamiz.
Jamoamiz har xil uslublarda öynaşga qodir. Xitoyda ob-havo boşqaça edi. Indoneziyada esa issiq, namlik böladi. Bunday şaroitda öyinni qanday taşkil qiliş haqida öyladik. Gollar köproq tezkor qarşi hujumlarda uriladi. Standart vaziyatlarga köproq urğu beryapmiz.
Albatta, hujum uyuştirmasdan, gol urib bölmaydi. Men jamoada hujum bilan himoya örtasidagi balansni körgim kelyapti. Ya'ni himoyadan tezkorlik bilan hujumga ötişimiz, hujumda töp yöqotilganda himoyaga tez qaytişimiz kerak. Mana şu balans aniq bölişi kerak.
- Odil Hamrobekovga: Qişda Osiyo çempionati böldi. Keyin OÇL, söng Superliga öyinlari boşlandi. Mana endi jamoa yana Osiyo öyinlariga yöl olmoqda. Tanaffussiz öyinlar jamoaga ta'sir qilmaydimi?
- (Odilbek Hamrobekov) Professional futbolçi özini har bir öyinga tayyorlay bilişi kerak. Bu – bizning kasbimiz. Uni sevib, şu kasbni tanladikmi, klubda ham, terma jamoada ham borimizni berib, muxlislarni xursand qilişimiz kerak.
Maşğulotlarda ham murabbiylarimiz aytişadi. Inson öz organizmini özi hammadan köproq biladi. Toliqqan paytlarimizda dam berişdi. Şifokorlarimiz kerakli muolajalarni ötkazişdi. Oldimizga qöygan maqsadimizga erişişimizga bu narsa tösiq yoki bahona bölmaydi.
Eslatib ötamiz, Osiyo öyinlarida Özbekiston Qatar, Bangladeş va Tailand terma jamoalari bilan bir guruhdan örin olgan. Ilk uçraşuv 14 avgust kuni Bangladeş termasiga qarşi bölib ötadi.
Futbol böyiça Özbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, soat 21:00da Indoneziya tomon yölga çiqadi.












