Osiyo oʻyinlari. 3-oʻrin uchun bahs
Xitoy - Oʻzbekiston 2:2 (pen. ser 4:3)
Gollar: Hetoo 13, Yudong 53 - Bahromov 43, Shodiboyev 90.
Oʻzbekiston U-23: Muratbayev, Hamidov (Ibraimov, 76), Murtazoyev, Rizaqulov, Bahromov, Oʻrinboyev (Oʻrmonjonov, 87), Jumayev, Toʻlqunbekov, Fayzullayev, Abdurahmonov (Shodiboyev, 64), Karimov (Reyimov, 76).

Oʻzbekiston U-23 jamoasi 3-oktabr kuni Osiyo oʻyinlarining bronza medali uchun Xitoyga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Nagoyadagi Toyota stadionida oʻtgan uchrashuvning asosiy vaqtida durang (2:2) qayd etildi.

15-daqiqada xitoyliklar hujumchisi Hu Hetao hisobni ochdi. Birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida Sardorbek Bahromov jamoaviy kombinatsiyani gol bilan yakunlab, muvozanatni tikladi.

Ikkinchi boʻlim boshida xitoyliklar yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oʻzbekiston esa yana boʻlim oxirida hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Shodiyor Shodiboyev uzoq choʻzilgan hujum yakunida darvozabondan qaytgan toʻpga barchadan oldin yetib keldi – 2:2.

Osiyo oʻyinlari reglamentiga koʻra, bronza medali uchun bahsda ekstra taymlar oʻtkazilmadi va gʻolib toʻgʻridan toʻgʻri penaltilar seriyasida aniqlanadigan boʻldi.

Futbol lotereyasida esa yarimfinalda Yaponiyaga qarshi oʻyinda boʻlgani kabi Ravshan Haydarov shogirdlariga yana omad yetishmadi – 3:4.

Shu tariqa, Xitoy bronza medaliga ega chiqdi, Oʻzbekiston turnirni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi.