12–14-oktabr kunlari Sloveniyadan kelgan iş beruvçilar Buxoro, Samarqand va Toşkent şaharlarida nomzodlar bilan yuzma-yuz uçraşuvlar, vorkşoplar va işga tanlovlar ötkazadi.
Maʼlum qilinişiça, özbekistonliklar uçun quyidagi kasblar böyiça iş örinlari bor:
oğir yuk avtomobili va xalqaro yuk taşiş haydovçilari;
yölovçi taşiş haydovçilari;
yuk avtomobillari mexaniklari;
quriliş işçilari va ustalari;
oğir texnika operatorlari;
işlab çiqariş uskunalari operatorlari;
elektriklar;
örmon xöjaligi xodimlari;
parvarişlaş xodimlari;
maʼmuriyat va savdo mutaxassislari.
Iş haqi 1 277 yevrodan 3 800 yevrogaça (bruttoda)ni taşkil etadi hamda uning miqdori va soliq uşlanmalari vakansiyaga qarab farqlanadi.
Iş beruvçilar viza va işlaş uçun ruxsatnoma xarajatlari, tibbiy suğurta, aeroportdan transfer, turar joy bilan taʼminlaşni zimmasiga olgan bölib, ayrim vakansiyalarda aviaçipta va ovqatlaniş xarajatlari ham iş beruvçilar tomonidan qoplanadi.
Nomzodlardan tegişli kasbiy malaka va iş tajribasi, ayrim yönalişlarda ingliz tili hamda maxsus sertifikatlar, xorijga çiqiş pasporti talab etiladi.
Tanlovlar 12-oktabr kuni Buxoro, 13-oktabr kuni Samarqand va 14-oktabr kuni Toşkent şaharlarida ötkaziladi.
Boşqa hududlarda yaşovçilar özlariga eng yaqin manzilda ötkaziladigan tanlovda qatnaşişlari mumkinligi aytilmoqda.











