Sloveniya Yevropa Ittifoqida birinçi bölib Isroil bilan har qanday qurol-savdosini taqiqlagan davlatga aylandi. Xususan, Sloveniya boş vazir Robert Golob taşabbusi bilan Sloveniya hukumati 31 iyul kuni Isroilga harbiy qurol va texnikani Sloveniyadan, yoki uning hududi orqali eksport qiliş va tranzitini taqiqlovçi qarorni rasman tasdiqladi. Şuningdek, qaror Isroildan Sloveniyaga import qilişni taqiqlaydi.
Ma’lum qilinişiça, qaror Robert Golob tomonidan ilgari bir neça bor, jumladan, iyun oyida Yevropa Kengaşi yiğilişi doirasida aytilgan aniq bayonotlar ortidan qabul qilingan. U öşa Kengaş yiğilişida, agar Yevropa Ittifoqi iyun örtalarigaça aniq çoralar qabul qila olmasa, Sloveniya mustaqil harakat qilişini bildirgan edi.
«Içki kelişmovçiliklar va bölinişlar sababli Yevropa Ittifoqi hozirça bu vazifani ado eta olmayapti. Natija esa şarmandali: Ğazoda insonlar ölyapti, çunki insonparvarlik yordami tizimli tarzda tösib qöyilgan. Ular vayronalar ostida, içimlik suvi, oziq-ovqat va asosiy tibbiy yordamdan mahrum holda halok bölişmoqda. Bu sodir bölayotgan holat — insonparvarlik yordamini butunlay inkor etiş va yaşaş uçun zarur şaroitlarni ataylab çeklaşdir. Bunday vaziyatda har qanday mas’ul davlat öz zimmasiga javobgarlik olib, çoralar körişi şart, hattoki bu boşqa davlatlardan oldin harakat qilişni anglatgan taqdirda ham», deyiladi Sloveniya hukumati e’lon qilgan bayonotda.
Şuningdek, Sloveniya doimiy va prinsipial ravişda xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qiliş tarafdori ekanini bildirgan.
Şu bois, yaqin haftalarda Robert Golob hukumati xalqaro humanitar huquqni jiddiy buzayotgan Isroil hukumatiga nisbatan boşqa milliy çoralarni ham işlab çiqişini bildirdi.
2023 yil oktabr oyidan beri Sloveniya Isroilga harbiy qurol va jihozlar eksport qiliş uçun birorta ham ruxsatnoma bermagan.
Joriy yilning iyul oyida Sloveniya Isroilning «genotsidga da’vat qiluvçi bayonotlar» bergan milliy xavfsizlik va moliya vazirlarini «persona non grata» deb e’lon qilgan edi. Şuningdek, 2024 yil iyun oyida Sloveniya parlamenti Falastin davlatini tan oliş töğrisidagi qarorni qabul qilgan.














