Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 7 avgust kuni soat 22.40larda noma'lum haydovçi aniqlanmagan avtomaşinani Bodomzor köçasida joylaşgan “Saltanat” kafesi qarşisida haydab ketayotib, yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan piyoda, Yunusobod tumanida yaşovçi M.A. ismli ayolni urib yuborgan hamda “Spark” rusumli ikkita avtomaşina bilan töqnaşuv sodir etib, voqea joyidan qoçib ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada piyoda M.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Uşbu yöl-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovçini aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan.

“Hurmatli fuqarolar, kimda-kim uşbu avtohalokatga guvoh bölgan bölsa, şuningdek, noma'lum şaxs va uning boşqaruvidagi avtomaşina haqida biron-bir ma'lumotga ega bölsa, içki işlar organlarining hududiy bölimlariga va “102” telefon raqamlariga qönğiroq qilib, xabar berişingizni söraymiz. Unutmang, bu bilan Siz uşbu şaxs tomonidan navbatdagi jinoyatlar sodir etilişining oldini olişga öz hissangizni qöşgan bölasiz!” - deyiladi IIV xabarida.