Tojikiston iqtisodiy rivojlaniş va savdo vaziri Nozirjon Hikmatullozodaning ma'lum qilişiça, Tojikiston Rossiya bilan rublda özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş foydali deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Rossiya bilan taşqi savdo aylanmasining asosiy qismi respublikaga importni yetkazib beriş ekani hisobga olinib, boşqa xorijiy valyutalar böyiça tebranişlardan xatarlardan qoçiş maqsadida bu amaliyotlar böyiça özaro hisob-kitoblarni Rossiya rublida amalga oşiriş foydali, degan xulosaga keldik», - deya aytib ötdi Hikmatullozoda. 

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Rossiya Tojikistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkoridir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonga Roğun GES uçun yana 4 mlrd dollar kerak bölişi xabar qilingandi.