Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pullar yo‘q, lekin qurish kerak: Tojikistonga Rog‘un GES uchun yana 4 mlrd dollar kerak bo‘ladi
Rog‘un GES qurilishini tugatish uchun Tojikistonga yana 4 milliard dollar talab etiladi. Shu bilan birga, mamlakatning davlat qarzi YaIMning qariyb 40 foiziga yetgan. Respublika Milliy banki moliyalashtirishni jalb qilish uchun yana bir marta yevroobligatsiyalar chiqarilishini mumkinligini istisno etmadi.
«Rog‘un GES qurilishi uchun mablag‘larni yanada jalb qilish to‘g‘risidagi qaror shu yilning oxirigacha qabul qilinadi», - deya ma'lum qildi Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda. Uning so‘zlari «ASIA-Plus» tomonidan keltirilgan.
Vazirning eslatishicha, o‘tgan yili obekt qurilishi uchun xalqaro moliya bozorlarida yevrobondlarni joylashtirish yo‘li bilan 500 mln dollar miqdorida mablag‘lar jalb etilgan.
«3 milliard dollargacha sarmoyalarni jalb qilish imkoniyati mavjud edi. Biroq, Tashqi qarzni jalb qilish strategiyasida rejalashtirilgan holatlar bunga imkon bermadi, sababi qarzga xizmat ko‘rsatish kerak bo‘ladi», - dedi vazir.
Moliya vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, joriy yilning 1 iyul holatiga Tojikiston tashqi qarzining hajmi 2,9 milliard AQSh dollarini yoki mamlakat YaIMning 38,9 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, GES qurilishi uchun qo‘shimcha 4 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rog‘un GES qurilishi drondan videoga olingandi.
Mavzuga oid
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
19:22 / 21.11.2025
«Chegara bilmas daryolar» O‘zbekiston aholisi nomidan Rog‘un GES qurilishidan shikoyat qildi
20:08 / 08.10.2025