Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov Qozoğiston prezidentining iştirokida Kurik porti parom majmuasi - multimodal transport xabi taqdimoti munosabati bilan taşkil etilgan tantanali tadbirda iştirok etdi. Bu haqda Praym xabar bermoqda.

«Davlatlarimiz rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning ötgan davrida 2017 yilning şu davri bilan taqqoslaganda 50 foizga oşdi. Lekin bu hali çegara emas. Bizda foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar va taşqi iqtisodiy faoliyat hamda transportda zaxira bor», - dedi Ramatov tadbir davomida. 

Uning ta'kidlaşiça, «Qozoğiston va Özbekiston temir yöl ma'muriyatlarining faol özaro hamkorligi savdo va tovar aylanmasining ösişiga hissa qöşmoqda». «Özbekiston Qozoğiston va boşqa Kaspiy davlatlarining logistika va transport infratuzilmasi rivojlanayotganini qöllab-quvvatlaydi», - dedi Ramatov. Uning qayd etişiça, Kurik portini işga tuşiriş Kaspiy dengizida transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş tarixida yangi sahifa oçadi.

Kurik porti xalqaro transport yölaklari tarmoğiga kiradi. Port akvatoriyasiga temir yöl va avtomobil magistrallari ulangan. Temir yöl-parom va avtomobil majmuasining ötkaziş quvvati yiliga 7 million tonnadan ziyod.