Whatsapp messenjeri orqali inson ruhiyati uçun xavfli bölgan Momo öyini tarqalmoqda va u bir neça mamlakatlarni qamrab olgan. Meksikaning Tabasko ştati Boş prokuraturasi bu haqda ogohlantiriş bilan murojaat qilgan, deb yozmoqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati.
“Argentinaning Buenos-Ayres şahrida 12 yoşli qizaloq öz joniga qasd qilgandan keyin uşbu öyinning inson ruhiyatiga salbiy ta'siri haqida jiddiy gapirila boşlandi. Uşbu holat böyiça suriştiruv olib borayotgan politsiya xodimlari ösmirning telefonida Momo öyini borligini aniqlaşgan”, - deyiladi xabarda.
Xorijiy saytlarning yozişiça, öyin yaratuvçilari öz mijozlarini avval ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan izlab topadi. Şundan söng, ösmirlarga qörqinçli fotosuratlar va zörlaş sahnalari bölgan videotasvirlar yuboradilar va sekin-asta turli buyruqlarni bajarişni talab qila boşlaydilar, mijozga oid turli ma'lumotlarni yuborişni söraydilar. Agar mijoz rad etadigan bölsa, ular töğridan-töğri qörqitiş yöliga ötadilar.
Toşkent şahar IIBB ota-onalar va bolalarni ehtiyot bölişga çaqirgan hamda messenjerdagi kontaktlar orasida Momo paydo bölib qolsa, uni darhol bloklaşni tavsiya qilgan.












