2017 yil 5 yanvarda soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan ötkazilgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari tomonidan xotin-qizlarimiz salomatligiga alohida e'tibor qaratiş, bunda milliy mentalitetimizdan kelib çiqqan holda, qulay şaroitlar yaratiş lozimligiga alohida e'tibor qaratilgan edi.
Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 2 fevralda qabul qilingan “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonga köra, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila instituti mustahkamlaş maqsadida kompleks çora-tadbirlar dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 mayidagi “Qizlar va fertil yoşidagi ayollarga körsatiladigan akuşer-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori yuqoridagi vazifalar ijrosida huquqiy asos bölib xizmat qildi.
– Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bölimi negizida Respublika qizlar salomatligi markazi, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toşkent şahar ösmirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bölimlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boşladi. Bundan taşqari, qizlarimizga malakali ginekologik ambulator yordam körsatiş maqsadida barça tuman va şaharlardagi köptarmoqli markaziy poliklinikalarda qizlar salomatligi bölimlari taşkil etildi, – deydi soğliqni saqlaş vaziri örinbosar Elmira Bositxonova. – Maqsadimiz mamlakatimizdagi 5 milliondan ziyod 18 yoşgaça bölgan qizlarni qamrab olişdir. Uşbu markazlar qiz bolalar va ösmir qizlarga yuqori texnologik, ixtisoslaştirilgan malakali tibbiy yordam körsatişning zamonaviy infrastrukturasini rivojlantirişda alohida örin tutadi. Keyinçalik uşbu markazlarga bölgan talabga qarab, faoliyat qamrovini yana kengaytirib boriş ham közda tutilgan.
Qayd etiş joizki, Qizlar salomatligi markazlari qiz bolalar va ösmir qizlarga maxsus tibbiy yordam körsatiş, bolalar ginekologiyasi böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan öquv, ilmiy va moddiy-texnika bazani şakllantirişga yönaltirilgan. Bundan taşqari, töplangan tajribani respublika sohaviy muassasalariga yetkaziş, şuningdek, bolalar ginekologiyasi sohasida diagnostika, davolaş, profilaktika va reabilitatsiya böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam beriş borasida ham faoliyat olib boradi.












