"Bavariya" Germaniya Superkubogi uçun bahsda "Ayntraxt" ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. "Kommertsbank-Arena" stadionida keçgan öyin "Bavariya"ning 5:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Jamoa hujumçisi Robert Levandovski het-trik qayd etgan bölsa, Koman hamda Alkantara 1tadan gol urişga muvaffaq böldi.
"Bavariya" öz tarixida 7-marotaba Germaniya Superkubogini qölga kiritmoqda. Klub eng yaqin ta'qibçisi "Borussiya Dortmund"dan 2ta sovrin köp qölga kiritgan holda, yetakçilik qilmoqda.
Ayntraxt F – Bavariya 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 21 Levandovski, 0:2 – 26 Levandovski, 0:3 – 54 Levandovski, 0:4 – 63 Koman, 0:5 – 85 Alkantara.
Ayntraxt F – Rennov, Salsedo, Villems, da Koşta, Abraam, de Guzman (Rebiç, 64), Xasebe, Gaçinoviç, Torro, Fabian (Blum, 64), Aller (Yoviç, 76).
Bavariya – Noyyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Robben (Koman, 58), Alkantara, Martines, Riberi, Myuller (Gorettska, 64), Levandovski (Vagner, 72).
Ogohlantirişlar: Xummels (45), Abraam (70).












