Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yoşlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga ta'lim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Qarorda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgan öquvçilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam iş haqining 5 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda bir martalik pul mukofoti beriş tartibini işlab çiqiş, ta'lim rivojiga munosib hissa qöşgan, davlat mukofotlariga sazovor bölgan pedagog kadrlarni davlat va xöjalik boşqaruv organlariga qaraşli sanatoriy-soğlomlaştiriş muassasalarida imtiyozli şartlarda soğlomlaştiriş tizimi yaratilişi közda tutilgan.

Şuningdek, qarorda har yili qişloq va şaharlarda arzon uy-joylar quriş dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarning bir qismini xalq ta'limi tizimidagi pedagog xodimlarga 25 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti sifatida beriş, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida pedagog xodimlarning oila a'zolariga imtiyozli kreditlar beriş, avtotransport vositasi sotib oliş va boşqa maqsadlar uçun kreditlar beriş belgilandi.