Muhtojlarga yordam qölini çözmoq insoniylikning oliy mezonidir. Agar şunday insonlarga yordam bersak, qalblarimiz ham xotirjamlikka erişadi. Kundalik hayotimiz ham ijobiy tomonlarga özgara boşlaydi. Işlarimizga baraka kiradi. 

Yordamga muhtoj insonlar Kun.uz tahririyatiga murojaat qilmoqda. Ularga imkon qadar yordam berişga intilamiz. Şunday murojaatlardan biri Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Sadriddin Ayniy mahallasida istiqomat qilayotgan Qudratova Tojixol opadan kelgan. Biz Tojixol opa bilan yuzma-yuz suhbatlaşdik. Ularning ahvolini örgandik.

Ularning aytişiça, kasallik bir muddat avval boşlangan. Avvaliga opaning qon bosimi oşadigan bölib qolgan. Keyinroq uy işlarini bajarayotgan vaqtida oğir yuk kötaradi. Şunday vaqtda umurtqasida qarsillagan ovoz eşitiladi. Bir muddat bu holga e'tibor bermaydi. Söng 2005 yil yanvar oyidan boşlab asta-asta boşida, söngra oyoğida oğriq kuçaya boşladi. Keyin şifokorga borganida umurtqa çurrasi taşxisi qöyiladi. 2007 yili qon bosimi oşib, oyoği toyib qattiq yiqilib tuşadi. Oğriq yanada kuçaya boşladi. Tezda şifokor qabuliga boradi. Ular jarrohlik amaliyoti zarurligini aytişadi. Lekin Tojixol opa rozi bölmaydi. Biroq bir muddatdan söng oğriq kuçayişda davom etgaç, ilojsiz rozi böladi. Keyin opa davolanib yuradi. 2008 yili yura olmay qoladi. Şundan beri şifoxonaga qatnab davolanmoqda.

Tojixol opa oila qurmagan. Ota-onasi ham bu olamdan ötib ketişgan. Aka-ukalari oila qurib, özi bilan özi bölib qolgan. Yolğiz ayol. Rejalaştirayotgan jarrohlik amaliyoti oğirligi sabab Hindiston şifokorlari bilan boğlangan. Ular operatsiya muvaffaqiyatli ötişiga kafolat berişgan. Biroq, jarrohlik amaliyoti narxi qimmat. «10 ming dollar atrofida mablağ ketadi», deyişgan hind şifokorlari. 

Tojixol opa hamşiralik kasbi ortidan kun keçiradi. Buning ustiga 1-guruh nogironi. Özi yiğgan mablağ mavjud. Biroq bu pul yetmaydi. Doimiy oğriqlar iskanjasida qolgan ayol davolanişi uçun ozroq mablağga zoriqib turibdi.

Bemorning şifokori bilan ham boğlandik. Uning taşxisiga köra, bemor özi yura olmaydi. Muşaklar taranglaşgan. Bel sohasida kuçli oğriq mavjud. Oğriq oyoqqa uzatiladi. Oyoqlarida sezgi holatlari buzilgan. Zudlik bilan jarrohlik amaliyoti zarur bölmoqda.

Azizlar, bu ötkinçi dunyo hayoti yaxşiliklar uzra barpo qilingan, desak adaşmaymiz.  Kimdir savobli amallarni qilsa, boşqa birov unga vasila böladi. Bundan xalq ham, jamiyat ham yutadi. Yagona Xoliq zot esa, bizlardan rozi böladi. Betob yolğiz ayoldan yordamimizni ayamaylik. Bir-ikki bölib yiğilsa ham ming böladi. Biz millionlarmiz. Vatandoşimizga yordam beraylik. Yana tilagimiz şuki, oramizda xayr-ehson qiluvçilar köpayaversin, heç kim dard çekmasin, muhtojlar qolmasin, barçamiz qilgan xayrli amallarimizning savobini u dunyoda töla-tökis olaylik!

Xayriya qilmoqçi bölganlar uçun:

Click, Payme: 8600 0504 8866 1416

Telefon: +99899 474-45-26 (Qudratova Tojixol)